Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

O‘zbekiston xalq artisti, taniqli kompozitor Shermat Yormatov 82 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston yoshlar mukofoti, “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibi, O‘zbekiston xalq artisti, taniqli kompozitor va dirijyor Shermat Yormatov 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shermat Yormatov 1939-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1967-yilda Toshkent davlat konservatoriyasini xor dirijyorligi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. 1962—1982-yillar davomida Toshkent shahridagi 99-o‘rta maktabda musiqa o‘qituvchisi va “Boychechak” xor studiyasining rahbari bo‘lgan.

Shuningdek, u “O‘zteleradio”da xor jamoasi dirijyori (1967—1970-yillar), “Bulbulcha” bolalar xorining badiiy rahbari va bosh dirijyori (1971-yil) sifatida ishlagan.

Shermat Yormatov o‘zbek bolalar xorining eng faol targ‘ibotchisi, “Qo‘shig‘im, jon qo‘shig‘im”, “Birgalikda kuylaymiz”, “Do, re, mi, fa, sol”, “San’at g‘unchalari” kabi qator ko‘rsatuvlar orqali butun respublika bolalariga musiqadan tahsil bergan muallim sifatida tanilgan.

Avvalroq “Voy alamjon” qo‘shig‘i bilan mashhurlikka erishgan xonanda Muhammadkarim Soipov 58 yoshida, dublyaj ustasi Sanjar Sa’dullayev 67 yoshida, O‘zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov 81 yoshida vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 1038 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekiston, Yormatov, 82, yoshida, Shermat, etdi, kompozitor, Taniqli, artisti, xalq, vafot
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное