Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

To‘yda pichoqlangan kuyovjo‘ra shifoxonada vafot etdi

Qashqadaryodagi to‘yda pichoqlangan kuyovjo‘ra shifoxonada vafot etdi

Nishon tumanida o‘tkazilgan to‘yda Surxondaryo viloyatidan kelgan shaxs va kuyovjo‘ra tort kesish uchun talashib qolgan.

Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 24 iyul kuni Nishon tumanidagi “Kaptarli” MFYda yashovchi jiyanining nikoh to‘yiga kelgan Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida yashovchi shaxs yarim tunda tort kesish tadbirida shu mahallada yashovchi, kuyovning jo‘rasi bilan janjallashib qolgan.

Oqibatda, spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan mehmon oshxonadan pichoq olib chiqib, kuyovjo‘raning chap ko‘krak qismiga sanchib, unga tan jarohati yetkazgan.

Hozirda holat yuzasidan Nishon tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, og‘ir tan jarohatlari olgan kuyovjo‘ra shifoxonada vafot etgan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 637 | Рейтинг: 0| Рейтинг: pichoqlangan, etdi, vafot, kuyovjo‘ra, shifoxonada, to‘yda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное