Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Namanganda hokim o‘rinbosari 28 yoshda vafot etdi
Namangan viloyati Davlatobod tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Qayumov 23 fevral kuni 28 yoshida vafot etdi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, u nafas yetishmovchiligi sababli Respublika ko‘p tarmoqli shoshilinch tibbiy yordam markazi Namangan filialida hayotdan ko‘z yumgan.

Ma’lumot uchun, Abdurasul Qayumov 1995 yil Namangan shahrida tug‘ilgan. 2018 yil Malayziya Limkopling ijodiy texnologiya universitetini tamomlagan.

U 2022 yil 16 avgust kuni Davlatobod tuman hokimining innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Bunga qadar tuman hokimligi investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1531 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 28 yoshda, o‘rinbosari, vafot, etdi, hokim, Namangan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное