Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Ertagi - Title sound
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Qirolicha - Soundterck
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Efir Sirlari - Piano Version
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Namanganda er-xotin tarvuzdan zaharlanib, vafot etdi

 
Joriy yilning 11 avgust kuni Namangan viloyatining Norin tumanida er-xotin tarvuzdan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Bildirilishicha, Norin tumani, “Katta yaydoq” MFYda yashovchi fuqarolar J.X. (68 yosh, erkak) va uning turmush o‘rtog‘i M.E. (63 yosh, ayol) hamda farzandlari G.X. (35 yosh, ayol), R.X. (31 yosh, ayol) va nabiralari S.R. (10 yosh), U.R. (6 yosh) yashash xonadonida ovqat va tarvuzdan zaharlangan. Oqibatda J.X. va M.E. o‘z xonadonida vafot etgan. Taʼkidlanishicha, tarvuz 7 avgust kuni sotib olinib, ikki kunda muzlatkichda saqlangan va 9 avgustda isteʼmol qilingan.

Fuqaro G.X, R.X va ularning farzandlari tuman tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan. Norin tumanlararo sud-tibbiy ekspertiza bo‘limining 11 avgustdagi dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, marhum J.X. va M.E.ning o‘limiga – nomaʼlum agentdan (ovqat mahsulotidan) zaharlanishi, ichki aʼzolar shok holati, qonni suyuq holda bo‘lishi, surunkali yurak ishemik kasalligi, o‘tkir miya o‘pka shishi, o‘tkir yurak qon tomir va nafas yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

Fuqaro J.X. va M.E.ning vafot etgani, fuqaro G.X. va uning farzandlarini hamda singlisi R.X. zaharlanishining sababiga aniqlik kiritish uchun, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 1855 | Рейтинг: 0| Рейтинг: zaharlanib, vafot, tarvuzdan, er-xotin, Namanganda, etdi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное