Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Karantinda xonani shamollatish mumkinmi?

O‘zbekistonda karantin vaqtida barchadan uyda qolishi va zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslik so‘ralyapti. Ba’zi fuqarolarda bu oynalarni ham yopib, xonani shamollatishni ham to‘xtatib qo‘yish kerak degan fikr paydo qildi. Bu to‘g‘rimi?

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov brifing vaqtida shu masalaga aniqlik kiritdi.“Virus (yo‘talganda, aksirganda, gaplashganda) “nam” havo zarrachalari bilan havoda bir muddat turishi mumkin, keyin u o‘z og‘irligi bilan yerga tushib ketadi. Virusning o‘zi havoda muallaq uchib yurmaydi. 
Ko‘p qavatli uylar derazasini ochib qo‘yganiga kelsak, ular to‘g‘ri qilishgan, yuqorida aytganimizdek, imkon qadar xona havosini tez-tez yangilab tursangiz, u yerdagi viruslar miqdori (konsentratsiyasi) kamroq bo‘ladi”, deydi Nurmat Otabekov.   
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing.


Manba:aniq.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2613 | Рейтинг: 0| Рейтинг: karantin, shamollatish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное