Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Bollewood (Xindiston yangiliklari)

Katrina Kaif murakkab rollarda o‘zini sinab ko‘rishdan qo‘rqmasligini isbotlovchi 3 film

Katrina Kaif Bollivudda 15 yildan beri faoliyat yuritadi. Biroq uning hamma rollari bir-biriga o‘xshashligi e’tirof etiladi.

2018-yilda “Nol” filmida ijro etgan Babita Kumar obrazi aktrisaga barcha shablonlardan chiqib, o‘ziga xos ijro uslubini ko‘rsatish imkonini yaratdi. Film kassabop bo‘lmasa-da, ushbu roli uchun aktrisa ko‘plab maqtovlar eshitdi.

Quyidagi uchta film esa uning murakkab obrazlarda o‘zini sinab ko‘rishdan qo‘rqmasligini isbotlaydi.

“Bharat”

Bu Katrina filmografiyasida birinchi tarixiy drama. Dastlab, Priyanka Chopraga bu rol taklif qilingan, ammo Priyanka loyihani tark etgandan so‘ng, u Katrinaga tegdi.

“Suryavanshi”

Katrina Kaif to‘qqiz yillik tanaffusdan so‘ng yana Akshay Kumar bilan hamkorlik qiladi. Ushbu film politsiyachi Rohit Shetti haqidagi filmning davomi bo‘lib, filmda Katrina Akshayning sevgilisini gavdalantiradi.

Sportchi Phogat Gita haqidagi biografik film

Katrina karyerasidagi ilk biografik film sportchi Phogat Gita Ushe haqida bo‘ladi. Phogat 1984-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarida Kristina Kojukaridan bir necha soniyaga ortda qolib, to‘rtinchi o‘rinni egallagan. Agar Karina ushbu rolga tasdiqlansa, bu rol uning faoliyatidagi eng murakkab obrazlardan biri bo‘ladi.



Manba:daryo.uz
Категория: Bollewood (Xindiston yangiliklari)
Просмотров: 6605 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Katrina Kaif
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное