Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Bollewood (Xindiston yangiliklari)

Qimmat Byudjet, qimmat Yulduzlar...biroq, film ishonchni oqlamadi!

Bugun reklamasi ancha shov-shuvga aylangan yangi Bollivud filmini tomosha qildim. Ko‘p narsa kutgandim... “Beng-beng” – asabimni buzdi, xolos.  Film so‘ngidagi saundtrekni inobatga olmaganda...
Katrina Kaifning rollari so‘nggi paytda juda aktual bo‘lib qolgani rost. U jozibador va o‘ta latofatli aktrisa. Shohruh Xon bilan Katrina Kaifning “To hayot ekanman” filmida ilk bora juftlik sifatida uchrashgani Bollivudda olamshumul yangilikka aylandi. Salmon Xon ilk bora katta umid bilan kinoga yetaklagan qomati to‘lishgan qiz bugun yetuk kinoyulduz! Katrinaning ma’suma chehrasi minglab tomoshabinlarni o‘ziga maftun etib kelmoqda. Rejissyorlar bu aktrisani mashhur aktyorlar bilan birga suratga olishni esa an’anaga aylantirdi. Yash Chopraning o‘zi premerasiga yeta olmagan so‘nggi kartinasi “To hayot ekanman”dan so‘ng Kaifga bo‘lgan qiziqish juda ortdi. Marhum Chopraning kompaniyasi navbatdagi loyihasi “Tezlik 3”da Kaifni ilk bora Amir Xon bilan birga suratga oldi. Ekshn janridagi kartina ancha muvaffaqiyatga erishdi. Katrinani yana qaysi “yirik” aktyor bilan suratga olish mumkin? Bu savolga ham zudlik ila javob topildi. Bollivudning “yirik” uch Xonidan so‘ng Ritik Roshandan boshqa yana kim ham bor?! Albatta Ritik! Yosh rejissyor Siddxart Anand vaqtni qo‘ldan boy bermay yo boshqa birov g‘oyani oldinroq ilib ketishidan xavotirlanibmi, yangi ssenariyni Ritik va Katrinaga tezda taqdim etdi. ( Anandning “Salom, Namaste”  filmi shuhrat qozongan!)
“Beng-beng”. Nomi tezda yodda qoladigan kartina ekshn lavhalarga boy bo‘lishi va bu jarayonga “Maymunlar sayyorasi” filmi yaratilishida mohirona talantini ko‘rsatgan Hollivudning taniqli ijodkorlari jalb etilgani aktyorlarni qiziqtirib qo‘ydi shekilli, ular suratga tushish uchun darhol rozi bo‘lishdi. Reklama roliklari butun Hindistonni egalladi. Kamina qatori minglab hind kinosi shaydolari film premerasini intiq kutgani rost. Biroq, film namoyishidan so‘ng ko‘pchilikning “tarvuzi qo‘ltig‘idan tushgan” bo‘lsa, ajabmas.
Film janri “uchburchak”ka asoslangan: jangari, melodrama va komediya! Ularning foiz bo‘yicha taqsimotini ham ko‘rsatishganida juda a’lo ish bo‘lardi. 90 foiz “sal o‘xshamagan” jangari, 7 foiz melodrama va qolgani “emagan” komediya!
Film voqealari Londonda boshlanib, Shimlada davom etadi. Film nihoyasi Abu-Dabida tugaydi.
Voqealar rivoji Bollivudga xoslikda, Hollivuldga taqlid bilan kechadi. Ancha mehnat qilingani seziladi. Biroq, mantiq yo‘q! Masala shunda! Rejissyor nima demoqchi ekanligini anglolmaysiz. Hindistonning tog‘li shahri Shimladagi kichik bir bankda ishlaydigan qiz Xarlin Sahni umri ish bilan o‘tib ketmasligini o‘ylab, ijtimoiy tanishuv saytidan o‘z baxtini izlaydi...Xullas, u uchrashuv kechasida tasodifan boshqa bir yigitni uchratib qoladi. Rajvir Nanda – Hindiston xavfsizlk xizmati josusi va yirik jinoiy guruh o‘rtasida kechadigan otishmalar film lavhalarni to‘ldiradi.  Sevgi izlab, uchrashuvga chiqqan qiz esa bu to‘qnashuvlarda sarson bo‘ladi. Voqealarga sabab esa Londondan o‘g‘irlab ketilgan Ko‘hinur olmosi...
Zerikarli film. Essiz, shuncha harakat. Qimmat gonorarli ikki yulduzning “Beng-beng”da uchrashganidan boshqa tomoshabop narsaning o‘zi yo‘q. Bollivud o‘z qiyofasini yo‘qotmagani yaxshiroqmidi?! Zamonaviylashib, “ochiq-sochiq”lashib, sindurini, sarisini unutayotgan Bollivud bu ketishda jar yoqasiga borib qolmasaydi... Bollivud – go‘zal qo‘shiqlar, romantika, ko‘zyoshlar... Boshqasi begona ekanligini esa isbotlashga ulgurdi.
Aynima, Bollivud! Aynima!
Jasur HAMROYEV 


Категория: Bollewood (Xindiston yangiliklari)
Просмотров: 13333 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Katrina Kaif
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
9398029 Agar kino siz etganchali yomon b6sa qanaqilb dunyo prakatida 27MILLION $ ishladi hind kinosida en k6p pul ishlagan SALMON KHAN ni BESTRASHNI kinosi 50 million $ ishlaganini hsobga omasa beng-beng topgan pulam rekord
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное