Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Katta odam” filmining premerasi bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha poytaxtimizda joylashgan “Alisher Navoiy” nomli  kinosaroyida “Katta odam” kinokartinasining namoyishi bo‘lib o‘tdi.  Mazkur taqdimotda kino ixlosmandlari, ijodkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Film namoyishini Dilshodbek Kattabekov olib bordi. 

Xushovoz xonanda Otabek Mutalxo‘jaev o‘zining raqsbop taronalari bilan tomoshabinlarni xushnud etib, kino ijodkorlarini premera bilan qutladi. Shuningdek, yosh va umidli xonanda Zoirbek ham o‘z qo‘shiqlari bilan birga “Katta odam” kartinasi uchun kuylagan saundtrekini taqdim etdi. Ana undan so‘ng ijodiy jamoa sahnaga taklif qilindi. Komediya janridagi filmning asosiy qahramonlari bolalarni tashkil etadi. Undagi voqealar aynan shu bolalar atrofida bo‘lib o‘tadi.

Kattalar o‘rnida bo‘lishni orzu qilgan bolalar orzulariga erishadilar. Ya’ni bolalar kattalar o‘rnida ota-onalariga qarab, ularni parvarishlashadi. Kattalar bolalar o‘rnida maktab va bog‘chaga borishadi. Boshlanishida barcha bolalarga xush yoqqan bu holat oxir-oqibat ko‘ngilsiz voqealarga sabab bo‘ladi. Shunda bu holatga sababchi bo‘lgan qahraman hammasini o‘z o‘rniga qaytarish uchun bor kuchini ishga soladi.

Mazkur filmni tomosha qilgan muxlislar hamma narsa o‘z vaqtida bo‘lganligi har tomonlama yaxshi degan xulosaga kelishdi. Kinoni siz yurtimiz kinoteatrlarida 3-noyabrdan boshlab tomosha qilishingiz mumkin.


Manba:popcorn.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 4206 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Katta odam
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Don9498 Kinoni nomi 6zi odamda qiziqiw uyg'atyabdi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное