Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Kelin Hind serialiga e’tiroz bildirildi

O‘zbekiston televideniesining tomoshabinlari navbatdagi  tanqid “tosh”larini “Yoshlar” telekanali orqali namoyish etilayotgan “Kelin” serialiga “uloqtirishdi”.
Feysbukdagi “Maslahat.uz” guruhi a’zolaridan biri "MTRKning “Yoshlar” telekanali va uning hindsevar rahbariyatiga!”, deya shikoyat xati yozib qoldirdi.
Xatda shunday deyiladi:
“Butun dunyoda minglab seriallar yaratilayotgan bir vaqtda “Yoshlar” kanali bizga “25-kadr” orqali behayolikni targ‘ib etayotgan hind filmlarini namoyish etishdan charchamayapti.
Eng avvalo, film vaqtini olaylik: 19:30, ya’ni butun oila kechki ovqatga jamlanadigan vaqt. Sizningcha, shu filmlarni oila davrasida ko‘rish mumkinmi? O‘pib, quchoqlab, bemaza hazillar qiladigan, "Sen qachon homilador bo‘lasan?", “Kiyimimni orqasini yechib yuboring”ga o‘xshash bemaza kadrlarga boy filmni oila davrasida qanday ko‘rish mumkin?
Kechirasizlaru, o‘zbek xalqi sizlardan bunaqa film qo‘yishingizni so‘ramagan! Undan ko‘ra multfilm ko‘rganimiz afzalroq!
“Yoqmasa ko‘rma!” deyishga shoshilmanglar, chunki uy bekalari sevimli seriallarini (aslida hechqanaqa sevimli emas, shunchaki ko‘raverib, ko‘rishga o‘rganib qolgan!) o‘tkazib yuborishga yo‘l qo‘yishmaydi.
Yana bir tarafi: ko‘plab oilalarda soat 18:00dan 21:00gacha bolajonlarning ekran oldiga “mixlanib” oladigan vaqti hisoblanadi. Lekin afsuski, bolajonlarimiz shunaqa bema’ni seriallar tomosha qilib ulg‘ayishmoqda”.
Shikoyat xati muallifi, shuningdek, yaqinda aynan “Yoshlar” telekanalida namoyish etilgan va ko‘p sonli internet foydalanuvchilarining noroziligiga sabab bo‘lib, tom ma’noda ularning harakati bilan efirdan olib tashlangan “Senga oshiqman” seriali va uning oqibatini ham tilga olgan: “Shu serialdan keyin qizlarimiz yelkasining orqa tarafi keng ochiq bo‘lgan kiyimlarni moda qilib olishdi, kimdir o‘z qiziga "Ishani" deb ism qo‘ydi”, - deydi muallif.
Xat so‘nggida muallif “oilaviy yig‘ilib televizor tomosha qilganda sevgi-muhabbat, ehtiros va hokazo filmlarni emas, odamni dunyoqarashini kengaytiradigan, qiziqarli filmlar ko‘rish” istagi borligini aytgan.
Mazkur tanqidiy postni foydalanuvchilarning aksariyati qo‘llab-quvvatlagan. Ulardan biri o‘zimizning milliy urf-odatlarimizni targ‘ib qiladigan, oila davrasida birgalikda ko‘rib, ibrat olgulik seriallarni ishlab chiqarishsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lishini aytgan.


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 16867 | Комментарии: 10 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Kelin, hind serial, Kelin hind serial
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 10
tawmurat пишет: | 06.10.2016 | 20:24 ( E-mail ) #10 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Bazi Birovlar hammaga qarshi chiqmasa bolardi
Like | 0
e7952565 Kelin dgan serial vawwe b6miydi t6g`risi multfilmni 6zi tan oliw kk senga oshiqman seriali butun o`zbekistonga yoqadi lekn yoshlar telekanaliga gap yo`
Like | 0
Yulduz4421 Yelkasi ochu kiyim kiyishsa seriallni aloqasi yo xamma gap shu qizlani ozida nima uchun kinoga qarap kiyinadi ota onasi tarbiya bersin
Like | 0
Yulduz4421 Silaga ozi qanaqa kino Kere senga oshikman yani ishanini xam yomonlab chikishdi endi navbat kelingami yoshlar kanaliga gap yo xamma gap ozlarinda yoqmasa boshqa qanal korinla ili disk kelin narmalni kino bexayo joyi yo
Like | 0
sanjarezoz Ohho! Doston yozibmanu %) B)
Like | 0
sanjarezoz Undan ko‘ra o‘sha yelkasini ochib yuradigan qiziga tarbiyasini to‘g‘ri berishsinda to‘g‘rimi? HAR KIM O‘ZIGA KERAGINI OLADI, shuni esdan chiqishmasa bo‘lardi. Ayol kishini oilasiga, eriga qanchali vafodorligi ko‘rsatilgan bu kinoda. Hatto eri ruhiy kasal bo‘lsa ham. Umman behayoli yo‘ bu kinoda. Milliy kino, milliy kino degandan ko‘ra narmalniy milliy kino olishsin bo‘masa. Multik ko‘rorib fikrlashiz doirasi ham rivojlanmiy qopti. Bizi paytimizda bundan battar kinola qo‘yilardi. Behayo bo‘p ketganimiz yo‘ku. Hozir ming marta yaxshi nazorat qilishyapti telekallarni. Qaytanga o‘sha qizlarimiz shu kelindan sal o‘rnak olishsa bo‘lardi. Insofni har kimni o‘ziga bersin. U majburlab o‘rgatiladgan narsamas.
Like | 0
аватар отсутствует Farzandlarmizga qaysi payt bo'lmasin oilaviy ovqatlanadigan paytda televizorni o'chirib qo'yishni o'rgantgan ma'qul,har narsadan ayb qidramiz desak toplaveradi,qaysi paytda qanday film qo'yish kerakligni Yoshlar kanali o'zlari bilshsa kerak.Farzandlarmizni qanday tarbiyalash esa o'zimizga bog'liq.
Like | 0
mahliyo4979 Topa tori yaweng kim bosezam xaqiqatti aytibsz jonga tegdi norm kino korb bomedi bitasi tugasa yana xudi uwanday serial bir xil xamasi sevgi muxabbat yo qoyela lek norm serial qoyila masalan man bezor bolim mawi Kelin serialidan mano yoq bu serialda...
Like | 0
Sanobar Ha bu ayni tög'ri gap. Hind serialini mayli qöyiwsin hamani öz aqli boru darrov öwani körib özgarib olmas, agar imonli vijdonli özbek mintalitetimizi hurmat qiladigan odam bösa unda özgariwga moyillik bölmaydi wunchaki öziga xulosa chiqarib oladi xolos.
Like | 0
aziz700 Malades togri gap Kelin Kereymas Vawwe Lanch kino Bomidi yoqotiyla manam qowilaman gaplariga
Like | +1
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное