Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Keyt Uinslet: “Ajinlarimni tinch qo‘ying!”

Tan olib aytish lozimki, Gollivudning aksariyat yulduzlari yillar o‘tib, yuzlariga ajin tusha boshlashi bilan plastik jarrohlik yordamida o‘zlarini yosh ko‘rsatishga, boshqacha qilib aytganda, yosharishga harakat qilishadi.
Gollivud aktrisalaridan biri, “Titanik” filmidagi bosh qahramonlardan biri Rouz rolini ijro etgan Keyt Uinslet yaqinda ommaviy axborot vositalariga bergan intervyularidan birida, tashqi ko‘rinishini, ayniqsa yuzini plastik jarrohlik yordamida o‘zgartirishni istamasligi, qanday bo‘lsa, shundayligicha qolishni istashini aytgandi.
“Men ommaviy axborot vositalaridan mening ajinlarimni tinch qo‘yishlarini so‘ragan bo‘lardim. Nima ham qila olardik, yoshimizga yosh qo‘shilgani sayin ajinlar paydo bo‘ladi. Shunday ekan, ular qaerda paydo bo‘lishi kerak bo‘lsa, shu yerda yuzaga chiqadi.” deydi aktrisa. Shu bilan birga u ommaviy axborot vositalari tomonidan doimiy ravishda muxokama qilinadigan ayollarning tashqi ko‘rinishi haqida gapirar ekan, o‘zining qomati haqida ham quyidagilarni aytdi: “Men boshqalar kabi oddiy ayolman. Boshqalardan farq qilmayman, o‘z chiroyim, semizmi, oriqmi qomatim va meni shundayligimcha sevadigan insonim bor. Bu  eng muximi!”
Keyt plastik jarrohlikning o‘rniga yoshartiruvchi turli kremlardan foydalanishi, o‘zi doimiy ravishda fodalanadigan mahsus yuz maskalari borligi haqida ham gapirib o‘tgan. 
 
Manba: spletnik.ru


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4336 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Keyt Uinslet, Ajin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное