Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Tabib-soundtreck (koreya)
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Ajin tushishiga sabab bo‘luvchi 10 ta zararli odat


Har bir ayol yuziga ajin tushmasligini, bir umr yosh, go‘zal bo‘lib qolishni orzu qiladi, deb
 xabar beradi “Sosmo.ru” nashri. 

Ayollar ideal darajadagi yuz terisiga ega bo‘lish uchun pulni ayamay sarflashadi, qimmatbaho kremlar, turli pardoz vositalarini sotib olishadi. Ammo chiroyli yuz terisiga ega bo‘lish uchun bunday qimmatbaho pardoz ashyolarining o‘zi yetarli emas, buning uchun quyidagi zararli odatlardan voz kechishingizga to‘g‘ri keladi.

SPF himoya kremlaridan foydalanmaslik

Bu ayniqsa yoz oylarida dolzarb muammoga aylanadi, siz quyosh nurlarini qanchalik yoqtirmang, uni teringiz xohlamaydi. Faol quyosh nurlari terining tez qarishiga olib keladi. Shunga qaramay, aksariyat ayollar SPF himoya kremlaridan foydalanmaydilar. Bu krem nafaqat cho‘milib, quyoshda toblanganda, balki kundalik hayotingizda ham zarurdir. Yil davomida bir xil kremdan foydalanish odatidan voz kechib, SPF himoya kremlaridan foydalaning.

Saqich chaynash

Reklama qilinayotgan yoqimli ifor taratuvchi saqichlarni chaynash, muloqot jarayonida bir qancha qulayliklarni yuzaga keltirsa-da, tinimsiz saqich chaynaydigan bo‘lsangiz, burun va og‘iz atrofiga ajin tushish xavfi kuchayadi. Og‘zingizdan yoqimli hid kelishini istasangiz, saqich chaynamang, balki yalpizli konfetlarni shimiganingiz ma’qul. 

Haddan ortiq tozalikka e’tibor berish

Agar yuz teringiz yog‘li bo‘lsa, uni muntazam tozalashning zarari yo‘q. Ammo ba’zi bir ayollar o‘zi kutgan natijaga erishish uchun haddan ortiq skrab, pilinglardan foydalanishadi. Agar haftasiga 2 martadan ortiq skrabdan foydalansangiz, yuzingizni muntazam ravishda loson va tonikda artadigan bo‘lsangiz, bu ishlarni to‘xtatganingiz ma’qul. Kosmetik vositalar ta’sirida yuz terisining tabiiy holati buziladi. Oqibatda uning immuniteti va qarshilik kuchi kamayadi, teri quruqshab, erta ajin tushishiga sabab bo‘ladi.

Tongda ajinga qarshi vositalar yordamida yuzni yuvish

Bu yuqoridagi bandning davomidir. Uyqu oldidan yuzni pardoz vositalaridan tozalash, yuvish tabiiy holdir. Ammo tong otgandan darrov yana shu ish bilan shug‘ullanishning hojati yo‘q, axir kechasi bilan yuzingiz kir bo‘lib qolmaydi-ku?! Ertalab yuzni oddiy xona haroratidagi suv bilan chaysangiz bas.

Yostiq jildlarini tez-tez almashtirmaslik

Choyshablarni haftasiga bir marta almashtirish odatiy holdir. Ammo yostiq jildlari tez-tez almashtirmaydigan bo‘lsangiz, unda bakteriyalar to‘planib qoladi, sochingizga sepilgan lak, soch turmaklash uchun ishlatiladigan boshqa vositalar unga o‘rnashib qoladi. Bunday yostiqqa uxlash uchun bosh qo‘ygandan keyin kimyoviy unsurlar yuz teringizga ta’sir qilib, qarish jarayonini tezlashtiradi. Iloji boricha, yostiq jildlarini har 2-3 kunda almashtirishga harakat qiling.

To‘yib uxlamaslik

Uyquga to‘ymaslik xayolingizga kelmagan bir qancha muammolarni yuzaga keltiradi. Ulardan biri erta keksayishdir. Agar uyquga to‘ymaydigan bo‘lsangiz, organizm o‘zini qayta tiklashga ulgurmaydi, bu o‘z navbatida teri hujayralariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 50 yoshdan keyin ham go‘zal bo‘lib qolishni istasangiz, yarim tungacha bo‘ladigan uyqusizlikdan voz kechib, tiniqib dam oling. Uyqudagi go‘zalga aylaning!

Noto‘g‘ri holatda uxlash

Erta qarishga sabab bo‘ladigan uyqusizlik  bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir holat mavjuddir. Bu noto‘g‘ri holatda uxlashdir. Aksariyat ayollar uxlaganda qorin bilan yonoqlarini yostiqqa bosib yotishni xush ko‘rishadi (ertalab esa yuz terisida yostiq jildning izi qoladi). Bunday holatda uxlash qon aylanishi buzilishiga, terining bosim ostida qolishiga sabab bo‘ladi. Shundan keyin ajin tushmaydimi deb o‘ylaysizmi? Uxlaganda chalqancha va yonbosh yotish nafaqat teri uchun, balki yurak qon-tomir tizimi uchun ham foydalidir.

Husnbuzarlarni qo‘lda siqish

Yoshligingizda yuzingizda paydo bo‘lgan husnbuzarni siqayotganingizni ko‘rgan onangizning bergan tanbehi yodingizdadir? Bu harakatingiz bilan nafaqat yaraga infeksiya tushirasiz, balki yuz terisiga jiddiy zarar yetkazishingiz mumkin. Siqilgan husnbuzar o‘rnida esa chandiq yoki mayda ajin qoladi.

Havoni namlantiruvchi vositadan foydalanmaslik

Agar uyingiz haddan tashqari issiq va havosi quruq bo‘lsa, bu yuz terisiga ta’sir etmay qolmaydi. Shuning uchun xonani namlantiruvchi vositadan foydalaning.

Tamaki chekish

Bu yerda izohning hojati yo‘q deb o‘ylaymiz. Tamaki chekish va yoshlik bir-biriga zid bo‘lgan so‘zlardir. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, bu haqda sigareta qutisi ustida ham yozib qo‘yilgan.



Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 15623 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: sabab, Ajin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
kichkintoy96 Rahmat :) ma'lumotlar uchun
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное