Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Uyqusizlik: buning 5 ta sababi

Bugungi dunyo shunchalar o‘zgarib, rivojlanib bormoqdaki, odamlar kun-u tun ishlab, hordiq chiqarishga ham vaqt topolmay qoldilar. Ammo insonning salomatligi va tetikligini his etishi uchun, albatta, tinch uyqu zarurdir. 

Bugun sizga uyqusizlik, uning beshta sababi va tungi bedorlikni yengish  borasida tavsiyalar bermoqchimiz.  

Birinchi qarash:

Kunduzgi qisqa uyqu tungi uyquning yomonlashuviga sabab bo‘ladi

Odamlar orasida kunduz kuni uxlasang, kechki uyquni topolmaysan, degan gap bor. Bu to‘g‘ri. Ammo unutmang, bu umuman kunduz kunlari uxlamaslik lozim degani emas. Kunduzgi hordiq ham kerak. Buning uchun kunduz payti juda uzoq emas, me’yorida uxlash foyda beradi. “North Shore Sleep Medicine” kompaniyasi tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, sarflangan kuchni qayta tiklash uchun atigi 10 daqiqalik uyqu ham yetarli ekanligi tasdiqlandi. 

Uxlash uchun belgilangan vaqt ham muhim ahamiyatga ega. Agar siz kun yarmida uzoq muddat uxlasangiz, tetik bo‘lish o‘rniga jismingizdagi og‘ir yukni his etasiz, shu sababli 20-25 daqiqalik uyqu yetarli hisoblanadi.

Ikkinchi qarash

Agar kunduz kuni ko‘p miqdorda qahva ichsangiz, kechqurun uyqungiz kelmaydi 

Amerikaning tibbiyot akademiyasi vakili Liza Shivsning so‘zlariga ko‘ra, o‘ziga ishonib me’yorida qahva ichishning hech qanday zararli tomoni yo‘q. Chunki uyqusizlikning barchasiga faqat qahvani aybdor qilib qo‘rsatish ham xato. 

Ba’zilar uyqu oldidan qahva ichadilar va bu jarayon tungi bedorlikka sabab bo‘ladi. Shu sababli kunning ikkinchi yarmida, (mutaxassislar  bunda soat 14:00ga qadar bo‘lgan vaqtni nazarda tutadilar) kerakli miqdorda ichilgan qahvaning tungi uyquga hech qanday aloqasi bo‘lmaydi. 

Uchinchi qarash:

Shokoladli mahsulotlar va gazli ichimliklar sizni ruhlantiradi 

O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, shirinlik inson kayfiyatini ko‘taradi va uni ruhan tetiklashtiradi. Charchoqni yengib, kuch beradi. 

Ertalabdan ham jismoniy, ham ruhiy ishlagan butun organizm charchoqni yengib, sarflangan kuchni qaytadan to‘plashi uchun sizdan qo‘proq kuchli mahsulotlar tanovul qilishingizni talab etadi. Ammo bu keragidan ortiq shirinlik yeb, haddan ortiq gazli ichimliklar iching, degani emas. Agar uyqusini topolmayotgan odamlarni o‘z holiga qo‘ysangiz, ularning asosiy qismi me’yoridan ortiq shirinliklar yeyishiga guvoh bo‘lasiz.  Me’yoridan ko‘ra ikki hissa ko‘p tanovul qilingan shirinliklar va gazli ichimliklar battar odamni holsizlantiradi va uyquga eltadi. 

Shu sababli yengilgina tushlik va birozgina shirinlik yeyish – kunning ikkinchi yarmida samarali mehnat garovi bo‘lib xizmat qiladi. 

To‘rtinchi qarash:

Jismoniy mehnat qilsam, charchaganimdan uxlab qolarman…

Albatta, ham jismoniy, ham ruhiy charchoq odamni yaxshi uxlashiga sabab bo‘ladi, ammo haddan ortiq harakat umuman uyqusizlikka olib kelishi mumkin. Ba’zilar tunlari yaxshi orom olish uchun kunning ikkinchi yarmidan o‘ta og‘ir jismoniy harakat qiladilar va mashg‘ulotlar bilan o‘zini charchatadi. Ammo bu xato fikr. Eng yaxshisi mashg‘ulotlarni me’yorda bajarib, kechki sayrga otlaning. Natijasi, albatta, ijobiy samara beradi.

Agarda bu yaxshi natija bera boshlasa, sayr vaqtini yana15-20 daqiqaga uzaytiring. Kechqurun uyqu oldidan aslo jismoniy mashg‘ulotlarni bajarmang, bu uyquning yaxshilanishiga yordam bermaydi.  

Beshinchi qarash:

Uyquchimisizbunga ko‘nikmang

Agar siznini doimiy charchoqlik, horg‘inlik bezovta qilsa, bu organizmning tabiiy holatiga nisbatan o‘zgarishlaridan dalolat bo‘lishi mumkin. Shu sababli bunday vaziyatda shifokorga murojaat eting.   

Boisi, juda ko‘p uyquchanlik ham jiddiy kasalliklarning boshlanishi bo‘lishi mumkin. Masalan, charchoq, tinmay holsizlanish, nafas yetishmasligi kabi holatlar – bo‘qoq kasalligining belgisi sifatida namoyon bo‘ladi. Umuman uxlamaslik xam xuddi shunday. Bundan tashqari tushkunlikka tushish va tinmay horg‘in kayfiyatda yurish – depressiya holatidan ham dalolat beradi. Unutmang, uyqusizlik bora-bora sizni bosh og‘rig‘i, insult, infarkt, yurak-qon-tomir kabi kasalliklarga ham olib kelishi mumkin. .  

XULOSA 

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, har narsaning o‘z vaqti, o‘z me’yori bor. Shuning barobarida uyquning ham. Uyqusizlik keltirib chiqaradigan kasalliklardan ogoh bo‘ling, kunlik uyqu tartibiga rioya eting. Agarda siz haydovchi bo‘lsangiz yoki avtomashina haydasangiz iloji boricha, to‘yib uxlashga harakat qiling. Bu sizning va yo‘lovchilarning xavfsizligi uchun ham juda muhim. Yaxshi uyqu miyaga dam beradi. Bu esa samarali mehnat garovi bo‘lib xizmat qiladi. Shunday ekan sizga maroqli uyqu tilaymiz. Tavsiyalarimizni esa bugundanoq boshlashni maslahat beramiz. 

XABARDOR.UZ / Sevarabegim



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 14293 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: sabab, uyqusizlik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Guli пишет: | 08.05.2015 | 15:18 #1 Страница с комментарием
guli101192 Mmm
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное