Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Sovuq dush qabul qilish uchun 5 sabab
Dush qabul qilayotgan paytda issiq suvni o‘chib qolishi yoqimli holat emas, albatta. Ammo muntazam ravishda sovuq dush qabul qilishning salomatlik uchun bir nechta foydali tomonlari bor.
Agar dush qabul qilayotganingizda suv sovuq bo‘lsa o‘zingizni qanday his qilasiz?
Issiq badaningizga muzday suv oqimi urilganda nafasingiz tiqilib qoladi, ehtimol qichqirib yuborarsiz. Lekin suvni o‘chirishingiz bilan bu his sizni birdaniga tark etadi va bu holat yoqimli bo‘lganini tushunasiz. Tanangizga adrenalin oqib kiradi. Etingiz junjikadi va sovuq dush qabul qilishni uddalaganingizni anglab yetasiz.
Bizning o‘ta qulay hozirgi yashash tarzimiz sovuq suvning foydali jihatlarini anglamasligimizga sabab bo‘lmoqda va shu bois biz har safar iliq suvda cho‘milishni xush ko‘ramiz. Biroq sovuq dush qabul qilishning o‘ziga yarasha yaxshi tomonlari bor.
Qon aylanishini yaxshilaydi
Sovuq dush tanada qon aylanishini tezlashtiradi. Bu yurak-qon tomir tizimi uchun foydali va qon bosimi oshishida, arteriyalar qotib qolishida hamda venalarning varikoz kengayishi kabi kasalliklarning oldini olishda yordam berishi mumkin. Miyada qon aylanishining tezlashishi uning benuqson ishlashiga xizmat qiladi.
Sovuq suv – eng yaxshi antidepressant
Adrenalin oshishi va periferik asab tolalari orqali sodir bo‘ladigan ko‘p sonli elektr impulslari tushkunlikka qarshi kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
2008 yilda o‘tkazilgan tadqiqotlarda “tana haroratining qisqa muddatli o‘zgarishga duch kelmasligi tushkunlikni keltirib chiqaradi” degan g‘oya ilgari surilgan.
Bu g‘oyada jon bor. Sovuq ta’sirida simpatik asab tizimi faollashadi va tushkunlikni yo‘qotuvchi noradrenalin deb nomlanadigan kimyoviy modda ajralib chiqishi kuchayadi. Tajribalar sovuq suv bilan davolash tushkunlik simptomlarini bartaraf etishini ko‘rsatdi.
Sovuq suv teri va sochlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi
Soch sinishining oldini olish va jilolanishi uchun boshni sovuq suvda yuvish kerakligini eshitganmisiz? Issiq suv teri va sochlarni quritib yuboradi, sovuq suv esa elastiklik bag‘ishlaydi va teri tirishishining oldini oladi.
Darvoqe, yuzingizni limon sharbati qo‘shilgan sovuq suvda yuvishni tavsiya qilamiz.
Sovuq suv sportdagi natijalarni yaxshilaydi
Amerikadagi fiziologiyaga bag‘ishlangan jurnallardan birida yozilishicha, mashg‘ulotlardan so‘ng sovuq suvga sho‘ng‘iydigan sportchilar keyingi mashg‘ulotlarda yanada yaxshiroq natijalarga erishishlari mumkin ekan.
Sport va tibbiyotga oid boshqa bir jurnalda esa sovuq suvga sho‘ng‘ish tananing jismoniy holatini tezroq tiklashi haqida ma’lumot berilgan.
Sovuq suv ruhiy quvvatni oshiradi
Issiq suvni o‘chirib sovuq suvda cho‘milish yoki muzday daryoga sho‘ng‘ish jasorat va ruhiy tayyorgarlikni talab qiladi. Badaningizni kutilmagan holatga qanchalik ko‘p tushirsangiz, u keyingi holatlarga shunchalik oson ko‘nikib boradi. Boshqacha aytganda, irodangiz mustahkamlanadi, har kuni sovuq suvda cho‘milishga o‘rganib qolasiz.
P.S. Nima bo‘lganda ham o‘zingizni ehtiyot qiling! Doimo sog‘ bo‘ling!


Manba:kun.uz
Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 6386 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sovuq dush, sabab
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное