Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Oilada janjal keltirib chiqaruvchi 7 asosiy sabab

Har bir inson ahil, urush-janjalsiz, araz va ginalarsiz oilani orzu qiladi. Biroq yer yuzida bunday oila yo‘q. Qadimdan xalqimizda  “Er-xotinning urushi – doka ro‘molning qurishi” degan naql bor. Albatta, bu bejizga aytilmagan. Ayni vaqtda dunyo olimlari, oilashunoslar, ruhshunoslarni xavotirga solayotgan muammo ham oilalar o‘rtasidagi ajrimlarning ko‘pligidir. Bu esa doka ro‘molning “qurimayotgani”dan dalolatdir, balki...
 
Mutaxassislar oilani ajrim holatiga olib keluvchi mojarolar, muammolarni o‘rganib,  oilalarda asosan 7 muammo tufayli nizolar, kelishmovchiliklar kelib chiqishini aniqlashdi.
 
Aslida oiladagi kichik mojaro ham er, ham ayolning o‘zaro munosabatlarini yaxshilashga xizmat qilar ekan. Biroq vaziyat nazoratdan chiqib ketsa, ana shu kichik muammo oilaviy mojarolarga sabab bo‘lishi mumkin. Bunda er-xotinning bir-biriga nomaqbul so‘zlarni aytishi, haqoratlashi, farzandlarni o‘zaro talashishi kabi xunuk holatlar sodir bo‘lishi mumkin.
 
Albatta, muammoga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan sabablar ko‘p. Ammo oilani buzishga arzimaydigan va katta mojaroga aylanib ketishiga yo‘l qo‘yish lozim bo‘lmagan 7 ta sabab bor. Keling, ularni birma-bir ko‘rib chiqamiz.
1. Pul
Er yuzida mavjud barcha oilalarda pul borasida muammo bo‘lishi tabiiy. Ular orasida kimdir pulni kerakli narsalarni xarid qilishga sarf etadi, boshqasi esa “shularsiz ham yashasa bo‘ladi-ku” qabilida ish tutadi va pullarni tejashga urinadi. Olimlar er va xotinga pul borasida janjallashgandan ko‘ra, biznes-bahs o‘tkazishni maslahat berishadi. Bunda erning ham, xotinning ham talablari, istaklari o‘rtaga tashlanadi. Keyin esa ularning har biri istayotgan narsaga qanday qilib erishishning imkonini izlash lozim bo‘ladi. Shunday holatda ular oilaviy byudjetlari qanchayu, nimani harid qilishlari mumkin yoki mumkin emasligini anglashlari oson kechadi. Bahonada oilaning mablag‘ sarf etiladigan boshqa jabhalariga ham e’tibor qaratilgan bo‘ladi. Biznes-bahs yordamida muammoni oson, tez va janjalsiz hal qilish mumkin.
2. Jinsiy hayot
Albatta, bu borada er va xotinning turmush o‘rtog‘idan kutadigan istaklari mavjud. Juftingizni hadeb tashqi olam bilan solishtiravermang. Siz boshqalarda ko‘rgan jozibani, ko‘rinishni turmush o‘rtog‘ingizdan talab qila olmaysiz. U qanday bo‘lsa shunday! Bu ikki inson o‘rtasida jinsiy muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan eng katta omillardan biri sanaladi. Juftingizni yaxshi ko‘rsangiz, siz uchun boshqalarning qizig‘i bo‘lmasligi tabiiy. Aytiladigan yagona maslahat shu: turmush o‘rtog‘ingizni boricha qabul qiling.
3. Uy ishlari
Uyning ozoda saqlanmasligi ham mumamoga sabab bo‘ladi. Erkaklar bu ish faqat ayollarga tegishli, deb bilishadi. Ayollar esa, erkaklar bu ishda ayollariga yordam berishlari kerak, deb hisoblashadi. Muammoning negizi ana shunda. Uy ishlaridan qutilib bo‘lmaydi, baribir uni kimdir qilishi kerak. Bundan tashqari, uyni ozoda saqlashda er ham, xotin ham yomon odatlardan voz kechishlari, uyni saranjom saqlashga harakat qilishlari lozim. Shu sababli, oilaning har ikki a’zosi bunda bir-biriga ko‘makchi bo‘lsa bas.
4. Farzandlar
Oiladagi muammolarga farzandlarning ham sabab bo‘lishi hech kimga sir emas. Bolaga qarash, unga tarbiya berish, uy ishlariga ulgirish, bola bilan kim qancha shug‘ullanishi kerak kabi savollarning javobi topilmasa, muammo kelib chiqishi aniq! Farzand parvarishi vaqt, kuch va mablag‘ talab qiladi. Odatda, ayollarda uyqusizlik, toliqish tufayli jizzakilik, e’tiborning susashiyi, xotiraning pasayishi kabi holatlar kuzatiladi. Erkaklar mana shularni ham hisobga olishlari lozim. Bu borada har bir millat vakili turmush o‘rtog‘i bilan o‘z tilida muammoga yechim izlaydi.
 
Farzand oilaviy hayotni butunlay o‘zgartirib yuboradi. Uyqu vaqti, shaxsiy rejalar buziladi. Bola uchun har bir kun yangilik kashf etish bilan o‘tadi. Agar bu borada muammolarga duch kelishni istamasangiz, tajribali, farzandlari katta bo‘lib qolgan ota-onalar bilan maslahatlashing. Ular sizga vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish, oilaviy munosabatlarni farzand tarbiyasi bilan uyg‘un holda olib borish yo‘llarini o‘rgatishadi. Farzand ko‘rgach, er-xotin avval mavjud bo‘lgan vaqt, e’tibor kamayishini, ularning bir qismi farzandga ham baxsh etilishini tushuna bilishlari kerak. Mana shunda oilada muammo kelib chiqmaydi.
 
Farzandingiz biroz katta bo‘lgach, hammasi iziga tushadi. Eng muhimi o‘rtangizdagi muammolarni ichga yutavermay, turmush o‘rtog‘ingiz bilan bo‘lishishga va bartaraf qilishga urining.
5. Vaqtni birga o‘tkazish
Odatda vaqtni birga o‘tkazish borasidagi rejalarning xilma-xilligi er-xotin o‘rtasida muammo keltirib chiqaradi. Bundan tashqari erkaklarning kun bo‘yi ishda bo‘lishlari ham ayollarga xush kelmaydi. Bir-biringizni e’tiborsizlikda ayblashdan ko‘ra, vaqtingizni turmush o‘rtog‘ingizning yonida bo‘lishga intilgan holda taqsimlang. Unutmang, agar inson xohlasa, hamma narsaga erisha oladi. Qolaversa, “ko‘zdan yiroq – ko‘ngildan yiroq” degan naql bejizga aytilmagan. Bir-biringiz bilan qancha ko‘p vaqt o‘tkazsangiz, oilangiz shunchalik mustahkam bo‘ladi.
 
6. G‘ashni keltiruvchi odatlar
Ikki inson birga yashashni boshlashi bilan, u yoki bu shaxsning ba’zi odatlari g‘ashni keltirishi mumkin. Siz ham bundan mustasno emasligingizni unutmang! Sizda ham boshqalarga yoqmaydigan biror jihatning borligi aniq! Yo‘q deb javob berishga shoshilmang, chunki bunday odatlar insonning xarakteriga singib ketgan bo‘ladi. Shu sababli ham o‘zimizdagi ana shunday odatlarni sezmaymiz. Boshqalarniki esa yaqqol ko‘rinadi. Bunday holatlarda ham juftingizni o‘zi sezmayotgan ammo g‘ashingizga tegayotgan odati uchun koyimang, haqoratli so‘zlarni aytmang. U asabiylashayotganingizni sezishi tabiiy. Siz unga nima uchun jahlingiz chiqayotganini, u bajargan qaysidir harakat nafaqat siz, balki boshqalarning ham g‘ashini keltirishi mumkinligini tushuntira biling. Buni bosiqlik bilan amalga oshirmasangiz, muammo kelib chiqishi tayin
 
7. Stress
Stress bir-biriga eng mehrli oilalarda ham katta muammolarga sabab bo‘luvchi yirik omillardan biridir. Odatda hamma narsani ichiga yutadigan, atrofdagilarning biror nojo‘ya harakatini bosiqlik bilan qabul qilib, indamay ketadigan, o‘zini himoyalangan sezmaydigan insonlarda stress holati ko‘proq kuzatiladi. Tashqaridan qaraganda, bu insonning asabiylashishiga sabab bo‘ladigan biror narsa yo‘qdek tuyuladi. Ammo o‘ylab ko‘ring, o‘zingiz ham ichingizda tugun bo‘lib yotgan ba’zi muammolarni hammaga aytib doston qilmaysiz-ku, shunday emasmi?
 
Agar stress holatidan chiqishni istasangiz, ishingizni ish joyingizda qoldiring, uyda ko‘chadagi ishlarni bajarib o‘zingizni toliqtirmang. Kayfiyatingizni buzishsa, ichingizdagini ochiq ayting – yengil tortasiz. Turmush o‘rtog‘ingizga suyaning. U sizga eng yaqin inson bo‘lgani bilan ichingizdagi muammolarni siz aytmasangiz, bilmaydi. Masalaga yechim topishga u bilan birga harakat qiling.
 
Oilashunos olimlar tomonidan tadqiq etilgan ana shu 7 omil oila buzilishiga olib keladi. Ularni birgalikda bartaraf qila olsangiz, sizning oilangizda tushunmovchilik, ajrim bo‘lmaydi. 
Umida Yakubova 


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 7746 | Рейтинг: 0| Рейтинг: sabab, Oilada janjal
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное