Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Urganchda odamlarning halok bo‘lishiga nimalar sabab bo‘ldi?

O‘zbekistonda Urganchda sodir bo‘lgan mudhish voqeaga o‘xshash voqea kamdan-kam uchraydi. Bunday holatlar YTHlarda, yong‘inlarda yuz berishi mumkin. Biroq Urganchadagi “Yoshlar ko‘li” madaniyat va istirohat bog‘ida sodir bo‘lgan voqea butun O‘zbekistonni larzaga soldi.
Fojia 8 avgust kuni, shanba oqshomi bu mo‘’jaz bog‘ga an’naviy ravishda minglab odamlar xordiq chiqargani kelgan paytda yuz berdi. Guvohlarning aytishicha, bu gal bog‘da odatdagidan ko‘proq odam yig‘ilgan edi. Bunga ko‘ldagi sun’iy orolda Xorazm viloyatida yoshlar orasida ommalashgan yosh xonanda Navro‘z Sobirovning konsert berayotgani sabab bo‘lgan. Konsertni tomosha qilish ilinjida yuzlab odamlar o‘sha mudhish ko‘prik ustida yig‘ilishgan. Konsert odamlarning olqishlari, hayqiriqlari sadosi bilan boshlanib, sal o‘tmay to‘siqlarning sinishi, suvga yiqilayotgan odamlarning shovqin-suronlari bilan tugadi. Favqulotda hodisa qurbonlarga olib keldi.
Ushbu holat yuzasidan tuzilgan Hukumat komissiyasi voqea sabablarini o‘rganmoqda, internetda esa bu fojia katta bahs-munozaraga sabab bo‘lmoqda. Kimdir ko‘prik xavfsizlik talablariga javob bermaganini aytib, quruvchilarni uquvsizlikda ayblasa, kimdir ushbu konsertni tashkil qilib, xavfsizlik choralarini ko‘rmaganlarni ayblamoqda. Yana kimlardir o‘zini haddan ziyod jo‘shqin tutgan odamlarni ayblamoqda.
“Hozir hamma quruvchilarni ayblay boshlaydi. Biroq istalgan konstruksiya o‘zining mustahkamlik chegarasiga ega. Men to‘siqlarni payvandlashda ba’zi joylarda nuqsonlar bo‘lganini istisno etmayman, biroq bu to‘siqlar unga yuzlab odamlar yotib olishi uchun qilinmagan. O‘ylashimcha, ko‘pchilik odamlar bu to‘siqlarga bor gavdalari bilan yotib olishgan, ba’zilar esa ularga farzdanlarini o‘tkazib qo‘ygandirlar, ba’zi yoshlar esa oyoqlarini osiltirib unga o‘tirib olgan bo‘lishlari ham mumkin. Yevropa, Lotin Amerikasida muxlislardan himoya qilish uchun to‘siqlardan foydalaniladi. Bu to‘siqlar omma ularga hujum qilishi mumkinligini hisobga olib ishlanadi. Lekin bu yerda avvalboshda bunday vazifa turmagan. Tashkilotchilarning mas’uliyatsizligi tufayli ko‘plab odamlar qurbon bo‘ldi”, deb yozmoqda Doniyor Anorbaev ismli foydalanuvchi.
"Shak-shubhasiz, ko‘prik quruvchilari ham, konsert tashkilotchilari ham javobgarlikka birday tortiladilar. Biroq bu fojiada odamlarning o‘zi ham qisman sababchi bo‘lmoqda, chunki ularda ba’zan oddiy o‘zini tutish odobi yetishmaydi. Hammamiz xalq sayllarida va bayramlarda ba’zi odamlar, shu jumladan yoshlar, o‘zlarini axloqsizlarcha tutib ko‘chalarni ifloslantirayotganlari, to‘siqlardan sakrab o‘tayotganlari, o‘zlarini befahmlarcha tutayotganlarining guvohi bo‘lganmiz. Biroq qizig‘i, bizlar bundaylarga befarq bo‘lib qolganmiz", deydi yana bir internet foydalanuvchisi.
"Bu yerda mutassadi muassasalar xodimlari ham o‘zlarini yaxshi tomondan namoyon qildilar, deb ayta olmaymiz. Nima uchun ular bunchalik ko‘p miqdordagi odamlarning ko‘prikda yig‘ilishlariga ruxsat berdi? Nima uchun tartibni kuzatmadi? Axir, 100 kishidan iborat bo‘lgan tadbirlar milisiya xodimlarisiz o‘tkazilmasligi ko‘zda tutilgan-ku? 
Nima uchun qutqaruv xizmati o‘z vaqtida javob bermadi? Agar bu bog‘da shunday xizmat bo‘lgan bo‘lsa hali... Xavfsizlik xizmatlarining mas’uliyatsizligi ham bu fojiaga katta miqdorda sabab bo‘lgan. Agar ular o‘z vazifalarini to‘laqonli ado etishganda, balki bunday og‘ir musibat bo‘lmasmidi...
Fojia qurbonlarining yaqinlariga hamdardlik bildirib qolamiz, jarohat olganlarga esa tezroq tuzalib ketishlarini tilab qolamiz", deyiladi telegraf.uz nashrida.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 15837 | Комментарии: 12 | Рейтинг: 0| Рейтинг: odam, Urganch, halok bo'ldi, sabab
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 12
niron5775 Odamlarga ham hayronsan, "Xo'roz qand chet elniki desa yotib olib yalashadi" deganlaridek bitta xonanda uchun shunchalik qilish shartmasdi. Men o'zim ham Xorazmlikman lekin shu xonandani qo'shiqlarini hech tinglamayman. Quruvchilar nima qilsin, ishini qilgan. Bu Navro' Sobirov muhlis va muhlisalariga katta saboq bo'lar, uni ko'rganda o'zlarini yo'qotib qo'yishdan tiyilishar balki.
Like | 0
grafinya Навруз Собировни халок булган мухлислари........Энди уни ёмон куриб колишмасмикан?
Like | 0
Angelochka 25 odam halok bo'libdi
Like | 0
Fresh2710 Yahwi bolmabti otkanlardi joyi jannatdan bolsin
Like | 0
valiko_3797 Dim yomon boldi Ozerda Urganchsagila kim borvadi vera
Like | 0
Dvarian N
Like | 0
Dvarian N
Like | 0
NaTaLi Eh xudoyim. :'(
Like | 0
$PRINSESSA$ Ey xudo utganlani joyi jannatda bulsin oila azolariga sabr tiliman a
Like | 0
omina1710 yaxshi ish bo'lmapti lekin esda qolarli dam olish bo'ptida
Like | 0
omina1710 to'g'ri ko'p yoshlar o'zini tutishni, odob degan narsani bilishmidi men ham o'tkan kuni buni guvohi bo'ldim oilamiz b.n dam olib o'tirganimizda bir bola yoshi 20, 22 da bolsa k.k "bu yerdan o'tish m.n emas extiyot bo'ling to'k" degan joyga atayin rishotkadan oshib o'tib sal qoldi o'zicha bollarga prikol qilaman deb, aksariyat tarbiyasizlik ko'payib ketdi bilmadim bu sho'xlikmi odobsizlikmi
Like | 0
9294784 Necta odam halok bölgan malumotlar bormi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное