Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Ayol Qalbi - You can't say
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Choli Qushi-soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Soundtreck-Великолепный Век
. Jumong-soundtreck
. Ishq Jodusi - All I want
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Uyqusizlikning 10 Chorasi


«So‘nggi vaqtlarda tinchlantiruvchi preparatlar ham yordam bermayapti. Tunda allamahalgacha uxlay olmayman. Ertasiga esa lohas yuraman. Uyqusizlikka qarshi biror chora bormi? Eshitishimcha, uzoq vaqt dori preparatlarini qabul qilish ham nojo‘ya ta’sir ko‘rsatishi mumkin ekan».

Nafisa Sattorova, Buxoro shahri

ShIFOKOR KO‘RIGI ZARURMI?

Bir oyda 1-2 marta yuzaga keladigan uyqusizlik asabiylik, ruhiy holat o‘zgarishlari hamda surunkali toliqish asoratida kelib chiqsa, zarur choralar bilan muammo hal etilishi mumkin. Biroq haftasiga 2-3 marta, hatto undan ham ko‘p takrorlanayotgan uyqusizlik jiddiy o‘zgarishlardan darak beradi. Bu vaqtda tanish-bilishlarning maslahatiyu xalq tabobatiga murojaat qilishdan avval mutaxassis ko‘rigidan o‘ting. Bir qarashda oddiy ko‘ringani bilan uyqusizlik e’tibor talab qiladigan holatdir. Bilib-bilmay davolanilsa, surunkali tus olishi yoki bosh miya faoliyatida turli o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi hech gap emas.

UYQUMNI QAYTARING...

Xo‘sh, muammo aniq – uxlay olmayapsiz. Endi nima qilasiz? Ko‘zlarni yumib, sanoqni boshlashingiz ham mumkin. Ammo buning foydasi yo‘q. Issiq choy ichish, mutolaa, televizor tomosha qilish ham naf bermaydi. Agar uyqusizlik asabiylikdan bo‘lsa, avvalo tinchlanib olishingiz kerak. Bordiyu bu biror xastalik alomati bo‘lsa, kasallikni davolamay, uyqungizni topolmaysiz.

Xastalik asorati sabab uyqusizlik kelib chiqsa, asosiy muolaja qatorida tinchlantiruvchi preparatlar ham buyuriladi. Bunday preparatlar uxlatuvchi ta’sirga ham ega bo‘lib, belgilangan muddatgacha qabul qilinishi lozim.

Aks ta’siri, masalan, bosh aylanishi, lohaslik, uyqusirash kabilar kuzatilsa, preparat qabul qilish to‘xtatilib, shifokor bilan maslahatlashgan ma’qul.

Bir turdagi preparatga o‘rganib qolmaslik uchun muolajadan so‘ng mustaqil davolanmang.

QAXVANI KAMAYTIRING!

Kofein inson organizmida 12-24 soatgacha saqlanib qoladi. Kechki tanovuldan so‘ng bir finjon qaxva ichsangiz ham uxlolmasligingiz mumkin. Shuningdek, shokolad va qora choyda ham kofein yetarlicha bo‘lib, toliqqan organizmni yana faollashishga undaydi. Bu esa o‘z-o‘zidan uyqusizlikni keltirib chiqaradi. Qaxvaxo‘rlar uchun eng ma’qul vaqt nonushta va tushlik hisoblanadi.

PREPARATLARNING NOJO‘Ya TA’SIRI

Gripp, tumov shuningdek og‘riq qoldiruvchi dori vositalari tarkibida ham uyqusizlikka sabab bo‘luvchi birikmalar bo‘lishi mumkin. Biror preparatni qabul qilishdan avval albatta yo‘riqnomasi bilan tanishing. Nojo‘ya ta’siri ko‘rsatilgan qatorda uyqusizlik qayd etilgan bo‘lsa, ehtiyotlik bilan qabul qiling.

ILIQ DUSh

Uxlashga yotishdan bir soat avval iliq dush qabul qiling. Diqqat qiling, suv harorati iliq va tanaga yoqimli bo‘lishi lozim. Hozirda dorixonalarda tinchlantiruvchi o‘simliklardan tayyorlangan to‘plamlar sotiladi. Shulardan birini harid qilib, reseptida ko‘rsatilgan usulda tayyorlang. Dokadan o‘tkazib, vannadagi suv bilan aralashtiring. Muolaja uzog‘i bilan 15 daqiqa davom etadi.

ERTALAB MAShK QILING!

Uyqusizlikka qanday aloqasi bor, deb o‘ylashingiz mumkin. Aslida esa ertalabki badantarbiya mashqlari organizmni chiniqtirib, tetiklashishga yordam beradi. Shu bilan birga qon aylanishini ham yaxshilab, asabiylik va noxush o‘ylardan xoli qiladi. Chiniqqan tana esa o‘z vaqtida uyqu holatiga moslasha oladi.

KUNDUZI UXLAMANG!

Tushlikda bir-ikki soat mizg‘ib olay deysiz-u, kechga borib, uyqungizni yo‘qotib qo‘yasiz. Shunday ekan, balki bu uyqudan voz kecharsiz? To‘g‘ri , gohida toliqqanimizdan ozroq dam olishni ihtiyor etamiz. Ammo kunduzgi uyqu qancha davom etsa-da, tungisining o‘rnini bosolmaydi. Tunda organizmda ro‘y beradigan almashinuv jarayonlari faqat shu vaqtdagina yuz beradi. Kunduzi esa shunchaki dam olasiz, xolos.

DORIVOR YoSTIQChA

Dorixoniga yo‘lingiz tushsa, quritilgan yalpiz, qizilpoycha, lavanda va marmarak o‘simliklaridan tayyorlangan yostiqcha sotib oling. Xushbo‘y o‘simliklardan tayyorlangan yostiqcha asabni tinchlantirib, xotirjam orom olishingizga yordam beradi.

IFORLI TUTATQI

Lavanda, atirgul, yasmin gulidan tayyorlangan efir moylari hamda iforli tutatqilar nafas yo‘llari orqali ta’sir etish hususiyatiga ega. Uyquga yotishdan 1 soat oldin tutatqi yoki efir moyi solingan idishni xonaga olib kiring. Ifori yetarlicha tarqagach, uyqusizlikdan xavotirlanmasangiz ham bo‘ladi.

ASAL QO‘ShILGAN SUT

Bosh og‘riqlari va asab qo‘zg‘alishlaridan shikoyat qiluvchilarda hech bo‘lmaganda tunda uyg‘onib ketish holatlari uchrab turadi. Bu vaqtda uyqudan oldin 1 stakan iliq sutga 1 osh qoshiq asal aralashtirib, qabul qilish ayni muddao. Sut tinchlantiruvchi vosita bo‘lsa, asal miya qon tomirlariga ijobiy ta’sir etib, zo‘riqishni bartaraf etadi.

NAFAS MAShQI

Karavotda yotgan holatda quyidagi mashqni bajarib ko‘ring. Yettigacha sanab, burun bilan nafas oling. O‘pkani bo‘shatayotganda zo‘riqmaslikka harakat qiling. Bunda ko‘zlar yumuq holatda, qo‘llar yon tarafga uzatilgan, oyoq holati esa erkin bo‘lishi kerak. Mashqni ikki-uch marta bajargach, tanangizda yengillikni his etasiz. 



Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 5461 | Рейтинг: 1| Рейтинг: uyqusizlik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное