Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Kim Chen In nima bilan og'rigani ma'lum bo'ldi…

Bir guruh ekspertlar Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In aslida nimadan bezovtaligini aniqlashdi. Ularning aytishicha, Kim Chen Inning salomatligi avvalo u kechiradigan nosog'lom turmush tarzi tufayli, ikkinchidan avlod suruvchi xastaliklar tufayli yomonlashgan. Ma'lumki, otasi Kim Chen Ir hamda bobosi Kim Ir Sen yurak xurujidan vafot etishgan. Bundan tashqari, otasi Kim Chen Ir o'lishidan bir necha yil oldin insultga uchragan. Mana, endi Kim Chen In ham avlod suruvchi xastaliklarga ro'baro' kelgan.

Qolaversa, Kim Chen In haddan tashqari semirib ham ketgan. Bo'yi 170 sm bo'lishiga qaramay, vazni 135 kilogrammni tashkil etmoqda. Spirtli ichimliklarni keragidan ortiq iste'mol qiladi. Kashandalikda unga yetadigani yo'q. Shuning oqibatida Kim Chen In qandli diabet, gipertoniyadan ham azob chekayotgani ehtimoldan xoli emas.
Bundan tashqari, Kim Chen Inga nevrologik nomutanosiblik ham jiddiy xalal beradi.
Bir so'z bilan aytganda, Shimoliy Koreya rahbari yana ancha vaqt jamoatchilik nazaridan xoli bo'lishi tayin.


Manba:hordiq.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 9086 | Рейтинг: 0| Рейтинг: nima bilan, ma'lum bo'ldi, Kim Chen In, og'rigani
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное