Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Pazanda - The Sound of Love
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Pazanda - Soundtrack
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 3
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Kim G'olib?..

Kuni kecha guruhlar o‘rtasidagi "DUEL” — jonli ijro musobaqasi o‘tkazildi

Guruhlar uchun o‘ziga xos imtixon bo‘lgan bu tanlov shahrimizning nufuzli restoranlaridan birida o‘tkazildi. Asli loyiha 13:00da boshlanishi kerak edi, ammo yosh xonandalar uxlab qolganliklari sababli soat 15:00 da start berildi. Yodingizda bo‘lsa, tanlov oldidan "Qaysi guruh loyihada ishtrok etishdan bosh tortsa yoki kelmasa, mag‘lub ekanligini tan olgan hisoblanadi”, deyilgandi. Va’da berib, biroq o‘sha kuniyoq "DUEL”dan bosh tortgan guruhlar: "UMMON”, "BENOM”, "SAMRAS”, "ANHOR”. Loyihada "MARKA”, "BAYoN”, "MANGO”, "UZ DIYoR”, "SERENADA IJOD”, "ATO” kabi guruhlar ishtirok etishdi. "ATO” guruhi solisti Shuhrat o‘z guruhi sha’nini bir o‘zi himoya qildi. Gap shundaki, guruhning ikkinchi solisti to‘ydan keyin darhol asal oyiga jo‘nab ketgan edi. Loyiha mehmonlari —"Grand” radiostansiyasi boshlovchisi Ibrohim Ahmedov, "O‘zbegim taronasi” boshlovchisi Sabina, shoir Yakzon, rahmatli Mo‘min Oripovning rafiqasi Kamolaxon va Sardor Rahimxon, Dilso‘z. Loyihani Sabina ochiq deya e’lon qildi. 

Tanlov sharti — ikkita bo‘lib, biri o‘z ijodidan, ikkinchisi boshqa xonanda repertuaridan kuylab berishdan iborat edi. 

"UZ DIYoR” guruhi faqatgina o‘z repertuaridagi qo‘shiqni kuyladi. 

"MANGO” guruhi "Gazli” qo‘shig‘ini ijro etdi. 

"ATO” guruhi, ya’ni Shuhrat Tohir Sodiqovning mashxur "Shamol” taronasi bilan boshladi. "SERENADA IJOD” nomli hech kimga tanish bo‘lmagan guruh barchani lol qoldirdi. 

"MARKA” guruhi Lionel Richie ijrosidagi "How Long” taronasini ijro etdi. 

So‘nggi ishtirokchi "BAYoN” guruhi bo‘lib, "Ledi dojdya” qo‘shig‘i bilan ishtirok etdi. 

Loyihaning videosini newstar.uz sayti orqali ko‘rib, baho berishingiz mumkin. Voqealar rivojini kuzatib boring.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3160 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
shohrux_love bu yangiliklarni qolgani qani ?????? dry dry dry
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное