Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Ko'k kit» maktab o'quvchisiga onasini o'ldirishni vazifa qilib topshirdi



Moskvadagi maktab o'quvchilaridan biri «Ko'k kit»dan onasini o'ldirish haqida topshiriq olgan. Moskvalik 36 yoshli ayol o'g'lining yozishmalarini o'qib qolgach, politsiyaga murojaat qilgan.

«Moskva» yangiliklar agentligida yozilishicha, ushbu ayol 7-sinfda o'qiydigan o'g'lining «VKontakte»dagi sahifasini tekshirganida unga bir qator topshiriqlar berilganini, jumladan «onani o'ldirish» haqidagi topshiriqni ko'rib qoladi. U fevral oyida 13 yoshli o'g'li o'z qo'lini tig' bilan kesganini ham payqagan edi. Uning aytishicha, uyiga tez-tez notanish odam tomonidan qo'ng'iroq qilina boshlagan.

Agentlikning ma`lum qilishicha, ushbu ayol McDonald's restoranlari tarmog'i xodimi bo'lib, Bolshaya Ordynka ko'chasida yashaydi.

Hozirda bu holat bo'yicha tekshiruv olib borilmoqda, politsiya kvartirani ko'zdan kechirgan va bolaning telefoni hamda noutbukini olib qo'ygan.

«Ko'k kit» o'yini real hayotda olib boriladigan o'yin bo'lib, uning yakunida o'ynovchiga o'z joniga qasd qilish topshirig'i beriladi. O'yin ishtirokchisi topshiriqni ijtimoiy tarmoqdagi «O'lim guruhi»dagi noma`lum «kurator»dan olib turadi.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 16906 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Ko'k kit
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Asadbek2002 Keremas bu oyin. Darhol oyin adminini topib jazolash kere va oyindi ham yoq qilish kere butkull.

bizning maktabimizga ham melitsionelrlar kelib faqat shu oyin haqida gapirishadi,
Like | 0
NuR_KR Fuck
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное