Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Klon-soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Jumong-soundtreck
. TisMarHan-soundtreck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Pazanda - Soundtrack
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Pazanda - Im Loving You
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Ko‘ngil qo‘ygan insonni ishonchini oqlay olasizmi?

            Har qanday munosabatlar o‘zaro ishonch asosiga quriladi. Bu turmushning eng asosiy shartlaridan biridir. Atrofdagilarning, ayniqsa, ko‘ngil qo‘ygan kishingning ishonchini qozonish esa juda muhim. Xo‘sh, siz bu ishni qanchalik uddalayapsiz?
1. Sevgan insoniningiz o‘ta shaxsiy va mahfiy sirini oshkor etdi...
A) Uni o‘z sirimday asrayman.
B) Sirning egasini oshkor etmay, dugonalarim bilan muhokama qilaman.
V) Hammasini boricha oila a’zolarimga yetkazaman.
2. Uchrashuvni ma’lum vaqtga belgiladingiz o‘z vaqtida kelasizmi?
A) Ha, albatta.
B) Biroz kech qolishim mumkin, axir ko‘chada turli hodisalar ro‘y berishi mumkin-da.
S) To‘g‘risi bilmadim, agar yodimdan ko‘tarilmasa boraman.
3. Bo‘sh qolganingizda nimalar haqida o‘ylaysiz?
A) Ikkimizning kelajagimizni tasavvur qilaman.
B) Mashhurlikka erishish haqida orzu qilaman.
V) Bekor o‘tirishga vaqtim yo‘q, doim turli tashvishlar bilan bandman.
4. Umumiy tanishingizning to‘yiga taklif qilingansiz, ammo ko‘ngil qo‘yganingiz bora olmasligini aytdi...
A) U siz xech qaerga bormayman.
B) Borsam ham yonimda emasligini o‘ylab siqilaman.
V) Albatta boraman, hayotim faqat unga bog‘liq emas-ku.
5. Yoringiz omadsiz muhabbati haqida gap boshlasa...
A) To‘g‘risi bu juda yoqimsiz, eshitishni istamagan bo‘lardim.
B) Mendan shubhalanayaptimikan deb o‘ylab qolaman.
V)Nima sababdan bu haqda gap boshladi o‘zi?
6. Sevgan insoningiz bo‘la turib, qarama-qarshi jins vakillariga e’tibor qarata olasizmi?
A) Yo‘q, aslo. Buni xiyonat deb bilaman.
B) Vaziyatga bog‘liq...
V) Bir marta qarash va tabassum hadya etish xiyonatga kirmasa kerak? 
Javoblar:
A — 1 ball;
B — 2 ball;
V — 3 ball.
0—6 ballgacha
Sizga ko‘ngil qo‘ygan insonning omadi bor ekan. Axir har qanday vaziyatda ham uni qo‘llab-quvvatlashga tayyor turasiz-da. Hatto orangizga masofalar soya solsa-da, aslo boshqasi haqida o‘ylab ham ko‘rmaysiz. Ammo ruhshunoslar bunday munosabatni yoqlashmaydi. Siz sadoqat tushunchasini o‘zni qurbon qilish deb talqin qilasiz. Albatta, sir saqlay olishingiz juda yaxshi, ammo yaqin insoningiz yoningizda bo‘lmasa, do‘stlar bilan ko‘rishish va xursandchilik qilishning yomon tomoni yo‘q. U ham sadoqatingizga munosib javob qaytara oladimi, yo‘qmi? Shu savolga javob bering. Agar “Ha” desangiz, bir-biringizga juda munosib juftliksiz. Agar ikkilansangiz, haddan ortiq sadoqat ko‘rsatishga xojat yo‘q. Ehtimol, yoringizdan yuz o‘girmasligingizni aniq bilgani uchun  yetarlicha e’tibor ko‘rsatmayotgandir? O‘ylab ko‘ring.
7 — 11 ball
Yoringizni eshita olishingiz va tushunishga harakat qilishingiz ishonch uyg‘otadi. Agar uzoq muddat ko‘rishmasangiz, sog‘inchingizni yengishingiz mushkul kechadi. Ammo o‘zingizni chalg‘itish usullarni ham yaxshi bilasiz va ulardan o‘rinli foydalana olasiz. Munosabatlaringiz janjallarsiz davom etishini istasangiz, unda shubha uyg‘otishi mumkin bo‘lgan hatti-harakatlardan ehtiyot bo‘ling. Masalan, uning shaxsiy buyumlari va qo‘l telefonini tekshirish odatlaringizdan voch kechsangiz, o‘zaro ishonch yanada ortadi.
12—18 ball
Ehtimol kimdir ko‘nglingizga ozor bergan-u, shu tufayli atrofdagilarga ishonmay qo‘ygansiz. Ishonchsizligingizning sababi oddiy, o‘sha voqealar yana takrorlanishidan havotirdasiz. Ammo bu hatti-harakatlaringizni ko‘ngil qo‘ygan insoningizda noto‘g‘ri taassurot paydo bo‘lishiga olib keladi. U ham sizga butunlay ishona olmaydi. Shu sabab o‘rtangizda jarlik paydo bo‘lishi mumkin. Agar munosabatlaringizni qadrlasangiz, uning ishonchini qozonish uchun harakat qilishingiz lozim. Buning uchun faqat o‘zingiz haqingizda o‘ylayvermay, u nimani istashini tushunishga harakat qilishingiz lozim. Bergan va’dangizda turishga odatlaning va qo‘rquvlaringizni yengib, yoringizga ko‘nglingizni oching. 


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 3082 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ishonch, Ko‘ngil qo‘ygan inson
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное