Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

O‘zingizga ishonchni qanday oshirish mumkin?


Aslini olganda, maslahat berishni yoqtirmayman. Negaki, biror kimga yo‘l–yo‘riqko‘rsatishdan avval uning hayoti, turmush tarzi, xarakteri bilan yaqindan tanishishkerak. Lekin har qanday vaziyatda ham inson o‘ziga bo‘lgan ishonchiniyo‘qotmasligilozim. Ishonch – ko‘p eshiklarni ochishga qodir. Qanday eshikni chertishimizdan qat’iynazar, uni ochayotganda muomala, tarbiya va o‘zimizga nisbatan ishonchimizga tayanamiz. «Ayni dam shashtim pasayib, ishonchim sustlashib borayapti, nima qilay?» deganlargatavsiya emas, hayotiy qarashlarimdan kelib chiqqan fikrlarim bilan bo‘lishmoqchiman.

 

Bilimingizni oshiring! Ko‘proq kitob mutolaa qiling. O‘z ustingizda ishlang, ilmli inson qoqilmaydi, dunyoqarashi kengaygani sayin o‘ziga bo‘lgan ishonchi ham ortib boraveradi. Kimningdir asossiz fikrlarini tinglash charchatadi, to‘g‘rimi? Sizga nisbatan ham ana shunday kayfiyatda bo‘lishlarini istamasangiz, dadillashing.

Hurmatingizni biling! Ichki dunyongiz, tashqi qiyofangiz, qarashlaringizni hurmat qiling. Zero, bular ham o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshiradi. Shu bilan birga atrofingizdagilar ham hurmatingizni joyiga qo‘yishadi.

O‘zingizga e’tiborli bo‘ling! Bilimli, o‘ziga ishongan ayol hamisha go‘zal ko‘rinadi! Tan olaylik, «chiroylisiz» degan so‘zdan o‘zimizga nisbatan ishonchimiz ortadi. Darrov qaddimizni tik tutib, boshimizni baland ko‘taramiz. Turmush o‘rtoјimiz, farzandlarimizning e’tirofi esa o‘n chandon ishonchimizni oshiradi. Shunday ekan, tashqi ko‘rinishingizga ahamiyatli bo‘ling!

Kerakli bo‘lish!

Ayolning jamiyatda tutgan o‘rni ham o‘ziga nisbatan ishonchni paydo qiladi. Hatto, uy bekasi bo‘lsangiz ham oila qo‘rјonini mustahkam tuta bilishingiz jamiyatga qo‘shayotgan hissangiz sanaladi. Bularning barini bir qisqagina qilibh «kerakli bo‘lish» deb ataymiz. O‘zimdan misol, talabalarga dars berayotganimda o‘zimning nechog‘liq kerakli inson ekanligimni sezaman va bu menga kuch beradi, ishonchim ortadi.

Mehrli bo‘ling! Mehr-muhabbatingiz, e’tiboringizni atrofingizdagilardan qizg‘anmang. Shunda barcha sizni qadrlaydi, qadr ko‘rgan insonning esa o‘ziga ishonchi oshadi.

 

Nigora KARIMBOYEVA, aktrisa



Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 3683 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ishonch
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное