Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoevaning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi


Joriy yilning 31-yanvar kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi muassislari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda Jamoat fondi Vasiylik kengashi tarkibi shakllantirildi.

Jamoat fondi ustaviga binoan qabul qilingan qarorga ko‘ra, Allamjonov Komil Ismoilovich Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, Mirziyoeva Saida Shavkatovna uning o‘rinbosari etib saylangan.

“Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘mak berish, mamlakatda so‘z erkinligini mustahkamlashda jamoatchilik institutining rolini oshirish, O‘zbekistonning xalqaro imijini yanada yaxshilashga ko‘maklashishdir”,— deyiladi xabarda.



Manba:human.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2252 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Komil Allamjonov, yangi ish joyi, ma’lum bo‘ldi, Saida Mirziyoeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное