Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“Sayyora malikasi-2015” sovrindori ma’lum bo‘ldi

Filippin vakilasi nufuzli “Sayyora malikasi-2015” tanlovining bosh sovrini g‘olibiga aylandi. Boshqa nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar nomi e’lon qilindi.
Filippinlik 25 yoshli Anjeliya Ong Avstriyaning Vena shahrida bo‘lib o‘tgan “Sayyora malikasi-2015” tanlovining g‘olibi deb topildi. Bu haqda Philippine Star internet sayti xabar bermoqda.
Anjeliya Ong Filippin davlati nomidan ishtirok etdi.  Uning bo‘yi 170 sm., tanlov mezonlari bo‘yicha uning qomati “81-61-90”ga teng deb topilgan. Shaxsiy hayotiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u universitet talabasi hisoblanadi. Otasidan erta ajralgan Anjeliya va uning ukasi yolg‘iz onasining qo‘lida tarbiyalanishgan.
“Sayyora malikasi-2015” go‘zallik tanlovi doirasida boshqa nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi. “Havo malikasi” unvoni 26 yoshli avstraliyalik Dayanna Gragedaga, “Suv malikasi” unvoni AQShlik Britani Enn Peynga, “Olov malikasi” unvoni esa braziliyalik Tiessa Sikertga nasib qildi.
O‘tgan yili “Sayyora malikasi” tanlovining eng oliy mukofotiga ham Filippin vakilasi sazovor bo‘lgan edi. O‘shanda 20 yoshli Jemi Xarrel tanlov tashkilotchilari tomonidan eng go‘zal qiz, deb tan olingan.
Ma’lumot sifatida aytish lozimki, “Sayyora malikasi” tanlovi “Jahon malikasi”, “Koinot malikasi” kabi bir qator nufuzli tanlovlar bilan bir qatorda turadi.
Adiz Ahmedov


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 9120 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Sayyora malikasi-2015, ma’lum bo‘ldi, sovrindori
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
5913435 manam bemalol qatnawsam bolarkanu bu sayyora malikasi bogan bosa xD
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное