Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Kompyuteringizning sekin ishlashiga barham beruvchi 5 ta tavsiya

Kompyuteringiz sekin ishlab, dasturlarda nosozliklar yuzaga kelayotgan bo‘lsa, “Xitrosti jizni” nashrining quyidagi tavsiyalaridan foydalanib ko‘rishingiz mumkin.
1. Ba’zi viruslar dasturlar ishlashiga to‘sqinlik qiladi. Shu tufayli antivirusingiz yaxshi ishlab, yangilanib turganiga amin bo‘ling. Buni DrWebCureit yoki shunga o‘xshash ba’zi dasturlar yordamida bepul tekshirib ko‘rishingiz mumkin.
2. Kompyuter sekinlashib qolganida protsessor haroratini tekshirib ko‘rish kerak. Buni Everest’ga o‘xshash dasturlar yordamida amalga oshirish mumkin. Buning uchun dasturni yuklab olib, ishga tushiring. Menyudagi “Kompyuter” bandini, so‘ng “Datchik” bandini tanlang. U yerda protsessor harorati aks etadi. Agar u 50 darajadan yuqori bo‘lsa, ventilyatorlar ishlashini tekshirib ko‘rish, undan ham yaxshisi, radiatorni yechib, protsessorga yangi termopasta surish kerak, u shu paytgacha qurib ketgan bo‘lishi mumkin.
3. Kompyuteringiz xotirasini u yoqilganida ishga tushgan dasturlar “yeb” yotgan bo‘lishi mumkin. Gap shundaki qanaydir dasturni o‘rnatganingizda u avtomatik ravishda ishga tushadigan dasturlar ro‘yxatiga kirib qolishi mumkin.
Bunga barham berish uchun, “Pusk”ga kirib, “Vipolnit”ni bosing va paydo bo‘lgan oynachaga “msconfig” buyrug‘ini kiritib, “OK”ni bosing. Ochilgan oynadagi “Avtozagruzka” menyusini tanlang, bu yerda keraksiz dasturlardagi barcha “galochka”larni olib tashlang. Biroq “ctfmon” va antivirusingizni qoldiring. Endi “Primenit”ni, so‘ng “OK”ni bosing va kompyuterni qayta yuklang.
4. “C” diski tizim diski bo‘lib, u ko‘pincha 20—30 gigabayt hajmda bo‘ladi. Ba’zilar esa katta hajmdagi musiqa va filmlarni ish stoli (“rabochiy stol”)da saqlaydi, axir ish stolida turgan narsalar “C” diskidagi joyni egallaydi. Shu tufayli katta hajmli fayllarni boshqa disklarda saqlang.
5. Ko‘p dasturlarni o‘rnatish va o‘chirish yaxshi emas. Afsuski, dasturlarni o‘chirish ularning kompyuterdan to‘liq yo‘q qilinganini bildirmasligi mumkin. Bu esa turli vazifalarni bajarishda protsessorga ortiqcha yuk bo‘lib tushadi. Bunda CCleaner  dasturi sizga qo‘l kelishi mumkin.
Buning uchun uni ishga tushirib, “Reyestr” menyusini tanlang, barcha “galochka”larni belgilab, “Muammolarni qidirish” (“Poisk problem”) tugmasini bosing. Shunda dastur reyestrdagi ko‘plab keraksiz kengaytmalar va xatoliklarni topib beradi. “Sozlash” (“Ispravit”) tugmasini bosish orqali keraksiz narsalarni o‘chirish mumkin.


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 4317 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kompyuter
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
sabinAA blamzku bularni
Like | 0
INFINITI Bu kompni endi urganyotganlarga bulsakk
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное