Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Konstitutsiya bayramida final qo‘shig‘ini kuylash baxtini Gulsanam, Ozodbek, Yulduzdan Sevara ilib ketdi

Avvalroq, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova katta sahnalarga qaytgani, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda qo‘shiq kuylashi haqida xabar bergan edik.
 
Mazkur xabardan so‘ng ko‘plab muxlislar orasida qarama-qarshi fikrlar paydo bo‘ldi. Usmonova katta sahnalarni tark etguniga qadar bayram tadbirlarining final qo‘shig‘ini kuylab chiqqan. Xalq uning ishtirokini, kuylaydigan qo‘shig‘ini intizorlik bilan kutardi, kiygan libosidan tortib, lab bo‘yog‘igacha muhokamalarga sabab bo‘lardi.
 
Yulduz Usmonovadan so‘ng bu o‘rinni O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov va Gulsanam Mamazoitova egallagan edi. Bir gal bu baxt Nazarbekovga nasib etsa, boshqa safar Mamazoitova do‘ndirardi.
 
San’at beshafqat, muxlis ham. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda final qo‘shig‘ini kim kuylashi haqida bahs-munozaralar yaqin-yaqingacha tinmayotgan edi. Ammo bu baxt na Mamazoitovaga, na Nazarbekovga va na qaytishi shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Usmonovaga nasib etdi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi bayram tantanalarining final qo‘shig‘ini kuylash O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxonga nasib etdi. Yugurganniki emas, buyurganniki, deb shuni aytishsa kerak.
 
Darvoqe, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 2006 yil aprel oyida “Vodiy sadosi” radiosida radioboshlovchi Feruza Abdurahmonova bilan suhbatda Sevara Nazarxonning ovozi va qo‘shiqlarini keskin tanqid qilib, uni xalq qo‘shiqlarini o‘g‘rincha kuylab chiqishdi, mualliflik huquqini buzishda ayblagan edi. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 10870 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shou Biznes
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Dilam@777 Final qo'shig'ini kim kuylashi muhim emas. Muhimi, yurtimiz tinch bo'lsin!
Like | 0
NuR_KR Sevara Nazarxon - Vatanim taronasi bilan yakunlash bu togri qaror, bilaslarmi vatan madhiyasi yangraganda ornimizdan turib qolimizni koksimizga qoyamiz Vatanim taronasi ham shunday
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное