Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Koronavirus tahdidi: Undan qanday qo‘rqmaslik mumkin?

Agar miyamiz biror qo‘rqinchli va notanish holatga duch kelsa, u buni biroz vahimali tarzda qabul qiladi. Bu – xavf tug‘ilganda “ur yoki qoch” tarzidagi miyaning o‘ziga xos reaksiyasi.

Bir narsani yoddan chiqarmang. Biz bilan sodir bo‘lish ehtimoli yuqori falokatlar aslida xavfliroq. Biroq biz unga e’tibor bermay, noma’lum xavfdan tahlikaga tushamiz. Masalan, har bir kishi akula yeb qo‘yishidan juda qo‘rqadi, biroq deyarli har kuni hech bir xavotirsiz mashina ruliga o‘tiradi. Aslida bizning akula yeb qo‘yishidan ko‘ra, avtohalokatga uchrash ehtimolimiz ko‘proq-ku!
Xuddi shu qonuniyatga ko‘ra, yangi virusning qo‘rquvi allaqachon bizga ma’lum bo‘lganiga qaraganda ulkanroq. Buning ustiga kasallik haqidagi qaynoq xabarlar xavotirimiz ko‘lamini yanada oshirib yuboradi. 
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, joriy mavsumda oddiy gripp bilan dunyo miqyosida 15 million kishi xastalangan, 140 ming nafari esa shifoxonaga yotqizilgan va 8 200 ta o‘lim holati qayd etilgan. 
Reuters agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusga chalinganlarning 2 foizigina o‘lim bilan yuzlashadi. Boshqacha aytganda, grippdan vafot etganlar soni koronavirusdan o‘lganlarga qaraganda ancha ko‘p. 

Xavfsizlik choralarini ko‘ring.
Xuddi gripp kabi koronavirus ham kundalik aloqa: teginish, yo‘talish yoki aksirish orqali yuqadi. 
Shu bois:
• Agar holsizlik his qilsangiz, uyda qoling. Ishga borish va jamoat joylarida bo‘lish joiz emas.
• Kasallangan inson bilan muloqotda bo‘lishdan o‘zingizni asrang. Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qiling.
• Ko‘chadan uyga kelganda, ovqatlanishdan avval qo‘lingizni issiq suvda sovun bilan 20 soniya davomida yuving. 
• O‘zingiz bilan kichkina shishada dezinfeksiyalash vositasini olib yuring va undan muntazam foydalaning.
• Immun tizimini yaxshilash uchun vaqtida ovqatlaning va uxlang, sport bilan shug‘ullaning.

Kasallik haqida yangiliklarni o‘qishni to‘xtating.
OAV kasallik bo‘yicha eng asosiy xavotir manbai hisoblanadi. “Koronavirus haqida kamroq xabar o‘qishga harakat qiling”, – deb yozadi doktor Groxol. Virusni yaxshiroq tushunish va uning ta’sirini cheklash usullarini topish uchun olimlar tun-u kun ishlamoqda. Ularga ishonish lozim. Agar yangi ma’lumotga ega bo‘lishni istasangiz, rasmiy manbalarga yuzlaning. Gʻiybat va yolg‘on ma’lumotlar tarqatadigan ijtimoiy tarmoqlarga emas.

Qiyinchiliklarni yengish borasidagi tajribangizga tayaning.
Xavotir manbai nima bo‘lishidan qat’i nazar unga qarshi kurashishning sinalgan usullaridan foydalaning. Balki sizga ichki dialog yordam berar. Yoki qo‘rquvni mavjud faktlar yordamida bartaraf etarsiz. Yoki xavotiringizni yaqinlaringizga aytishingiz mumkin. Meditatsiya qiling.

Yodda tuting, bunday kasalliklar avval ham bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘ladi. Shunga yarasha unga qarshi kurashish usullari, vaksinasi, dori-darmoni ham ishlab chiqiladi. Bizdan o‘sha paytgacha xavotirlanmay kutish, himoyalanish va ko‘nglimizni cho‘ktirmay olg‘a yurish talab etiladi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2655 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Undan, Qanday, tahdidi, Koronavirus, qo‘rqmaslik mumkin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное