Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Koronavirusga chalingan 36 yoshli hokim vafot etdi

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani hokimi Daulet Ayapbergenovich Tolibaev vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zA muxbirining aniqlik kiritishicha, D.Tolibaev bir necha kun oldin koronavirusga chalinib, kasalxonaga yotqizilgan edi. Biroq, ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan bemor vafot etdi.
D.Tolibaev 1983 yil 18 oktyabrda Nukus shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 2004 yilida boshlab, uzoq yillar irrigatsiya sohasida turli tashkilotlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
D.Tolibaev 2019 yildan buyon Qonliko‘l tumani hokimi edi.
Marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor qilamiz.


Manba:sof.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2925 | Рейтинг: 0| Рейтинг: hokim, 36 yosh, Koronavirus, vafot etdi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное