Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Moskvada koronavirus bilan kasallangan yana ikki bemor vafot etdi

Moskvada koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan yana ikki bemor vafot etdi. Bu haqda Koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni nazorat va monitoring qilish tezkor shtabi xabar berdi. Avvalroq marhumlarga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

Avvalroq Moskvada koronavirus bilan kasallangan 4 nafar bemor vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Bemorlar 58 va 70 yoshda bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular surunkali bronxit, gipertoniya va qandli diabetdan ham aziyat chekib kelgan.
Shunday qilib, Moskvada COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar soni 29 kishiga, butun Rossiya bo‘ylab esa — 45 kishiga yetdi.
Kommunarkadagi kasalxona bosh shifokori Denis Protsenko o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali 58 yoshli bemorning jasadini yorib ko‘rish natijasida unda ikki tomonlama subtotal virus-bakteriyali pnevmoniya aniqlanganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2-aprel kuni mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashganini ma’lum qilgan edi. Avvalroq Moskvada karantin qoidalarini kuzatadigan tizim ishga tushirilishi, Vladimir Putin bir hafta avval tashrif buyurgan shifoxonaning bosh shifokorida koronavirus aniqlangani, mamlakatda koronavirusni yuqori aniqlikda aniqlovchi test yaratilgani haqida xabar berilgandi.


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2817 | Рейтинг: 0| Рейтинг: vafot etdi, Koronavirus, Bemor, moskva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное