Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Buxorodan yana to‘rt nafar bemor koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aydi

Yurtimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni samarali davolash borasida minglab tibbiyot xodimlari matonat bilan mehnat qilishmoqda.


Jumladan, avval Buxoro viloyatidan 4 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzalganini xabar qilgan edik. Bugun viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan yana 4 nafar bemor fidoyi va jonkuyar shifokorlar sa’y-harakati tufayli butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlardan (barchasi erkak) uch nafari (ikki nafari Toshkent shahridan, bir nafari samarqandlik) charter reys orqali Turkiyadan Buxoroga kelishgan. Yana bir nafari esa qashqadaryolik bo‘lib, charter reys orqali Rossiyadan Buxoroga kelgan. Barchasi karantinda bo‘lishgan va koronavirus infeksiyasi aniqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanishni boshlashgan.

Bemorlarning tuzalishlarida, avvalo, ushbu shifoxona tibbiyot xodimlarning davolash muolajalarini xalqaro standartlar asosida, to‘g‘ri yo‘lga qo‘yganlari, shuningdek, pulmonologiya, kardiologiya, terapiya, endokrinologiya kabi ixtisoslashgan soha mutaxassislari bilan telemuloqot o‘rnatgani qo‘l kelayotir. Ayni lahzada tuzalgan bemorlarimizning quvonchi cheksiz. Ularning tabassumi, minnatdorli so‘zlari zahmatkash tibbiyot xodimlarining mehnatiga eng yuksak bahodir.
Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 89 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2056 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Bemor, Koronavirus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное