Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Krishtianu Ronaldu 32 yoshga to'ldi



Krishtianu 1985-yilning aynan 5-fevral kuni Portugaliyaning Funshale shaharchasida dunyoga kelgan. 2009-yilda "MYU"ni "Real"ga almashtirgan futbolchi shu kungacha 372 uchrashuvda 385 ta! gol kiritishga erishgan. Bu natija bilan u klub tarixidagi (shuningdek terma jamoasida ham) eng yaxshi to'purar hisoblanadi.
Madriddagi o'zining 8-mavsumini o'tkazayotgan zamonamizning ayni damdagi eng yaxshi futbolchisi CR7 "Qirollik klubi" safida 2 marotabadan Chempionlar ligasi, Yevropa superkubogi va klublar o'rtasidagi Jaxon chempionati, Ispaniya kubogi, shuningdek bir marotabadan Ispaniya chempionati va superkubogini qo'lga kiritgan. Bundan tashqari terma jamoasi bilan 2016-yil Yevropa kubogini ham boshi uzra ko'tarishga muvaffaq bo'lgan.
Ronalduning shaxsiy sovrinlari qatorida 4 ta "Oltin to'p" va yana shuncha "Oltin butsa", FIFA tomonida "yilning eng yaxshi futbolchisi"ga beriladigan "Brilliant to'p" va "The Best" sovrinlari, shuningdek UEFA tomonidan taqdim etiladigan "Yevropaning eng yaxshi futbolchisi"ga atalgan sovrinlar mavjud.
Фото Futbol Olami.


Manba:Tarona.net
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 3336 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Krishtianu Ronaldu
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное