Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Krishtianu Ronaldu Meksika ahliga hamdardlik bildirdi


Madridning “Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Meksikada bo‘lib o‘tgan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lgan 6 yoshli Santyago oilasi va barcha jabrlanganlarga hamdardlik bildirdi.

Avvalroq, bolakayning xolasi Ronalduga ijtimoiy tarmoq orqali xat yozgan va unga minnatdorchilik bildirgani haqida xabar bergandik.

“Qayg‘uli kunlarda Santyagoning oilasi va o‘z yaqinlarini yo‘qotgan Meksikadagi barcha oilalarga o‘zimning chuqur hamdardligimni bildiraman”, deya yozadi Ronaldu Twitter tarmog‘idagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 19 sentabr kuni Meksikada kuchli zilzila sodir bo‘lganligi haqida xabarbergandik.

7,1 magnitudada sodir bo‘lgan tabiiy ofat 250 kishining qurbon bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Shuningdek, Krishtianu Ronaldu bundan avval bir necha yildan buyon yurak raki xastaligidan aziyat chekayotgan polshalik Oliver Plusiennikning bir umrlik homiysiga aylangandi.

Ronaldu Futboldan olayotgan daromadining bir qismini bemor bolalar uchun sarflayotganini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.

Ma’lumot uchun, bugun, 26 sentabr kuni “Real” jamoasi Yevropa Chempionlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Germaniyaga safar uyushtirib, “Borussiya”ga qarshi bahs olib boradi. Krishtianu ushbu uchrashuvda asosiy tarkibdan maydonga tushish ehtimoli yuqori.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.

Akmalxon Eshonxonov



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 4867 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Krishtianu Ronaldu
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное