Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“Ladies show” ... O‘zbekistonda ilk bor ayollar hajviy shou dasturi o‘tkaziladi

Bugungi kunda shou biznes olamidagi barcha yangiliklar va shu qatorda shov shuvli xabarlar Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali keng tarqalayotgani hech kimga sir emas. Shular qatorida bir necha kun avval yana ko‘pchilikning e’tiborini tortadigan “Ladies show” “Eng go‘zal tabassum sohibalari uchun!” shiori ostida shou biznes vakillarining suratlari paydo bo‘ldi.
Albatta, navbatdagi fotosuratlar barchani qiziqtirib, estradamizning yorqin namoyondalari yana nimani boshlashdi ekan degan savollar tug‘ila boshladi. Bugun esa bularning barchasini ayon qilish vaqti yetdi. ART centre tomonidan UZTE Bosh homiyligida O‘zbekistonda ilk bor ayollar hajviy shou dasturini o‘tkazish maqsadida el ardog‘idagi sevimli kinoaktrisalar saralab olindi va ular ishtirokida kutilmagan haqiqiy ma’nodagi Shou dastur tayyorlandi.
Loyihada Shahzoda Matchonova, Nargiza Abdullayeva, Sevara Soliyev, Munojot Alimbayeva, Nargiza Salmonova kabi 15 nafar taniqli aktrisalar shuningdek estradamiz yulduzlari ishtirok etishadi.
Mazkur loyihaning mualliflari Abdumalik Yunusov, Zamira Beshimova, Hikmatilla Pirjonovlar. Ilk dastur 21 fevral kuni 19:00 da “Zarafshon” konsert zalida bo‘lib o‘tadi va muntazam ravishda har oyda o‘tkaziladi. Ilk efir vaqti 8 mart kuni MY 5 kanali orqali go‘zal ayollarga tuhfa qilinadi.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2726 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Ladies show
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Don9498 Unda kutib qolamiz
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное