Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

LG Electronics L90 smartfonini namoyish etdi

Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tgan MWC—2014 ko‘rgazmasida LG’ning LIII seriyali smartfonlari namoyish etildi. Ushbu seriya modellari uchta: eng kichigi L40, o‘rtachasi L70 va eng kattasi L90 bo‘lib, ular internet-manbalardan, ijtimoiy tarmoqlardan, pochtadan va turli biznes dasturlaridan faol foydalanuvchilar uchun juda mos keladi, deb xabar beradi LG Electronics kompaniyasi matbuot xizmati.

Tashqi ko‘rinishi

Qora va oq ranglarda sotuvga chiqarilayotgan LG L90 smartfoni qulay o‘lchamlarda va chetlari doirasimon korpusda bo‘lib, orqa qopqog‘i lak shimdirilgan matoga o‘xshash ko‘rinishga ega. Bu korpus qurilmani barmoq izlaridan himoyalaydi. Smartfon butunlay plastikdan qilingan bo‘lib, uning yon qismiga metallsifat kumushrang tasma tushirilgan. Apparatning bloklash tugmachasi o‘ng tomonda, ovozni boshqaradigan tugmasi esa har doimgidek chapda joylashtirilgan. Ekranning quyi qismida uch asosiy funksiya tugmalaridan tashqari, zarur holatlarda ikki SIM-kartaning biridan foydalanish uchun maxsus yaratilgan to‘rtinchi tugma ham o‘rnatilgan.

LG L90 smartfonining ekrani katta bo‘lib, uning diagonali 4,7 dyuymni, displeyi esa 940×540 o‘lchamni tashkil etadi. IPS matritsa, hattoki, quyosh tushib turganida ham oson o‘qilishi uchun qulay yorqinlik zaxirasiga ega. Smartfonga 8 megapikselli kamera o‘rnatilgan bo‘lib, u 3264×2448 piksel hajmida suratga oladi. Kuchli yoritgich esa qorong‘i holatda ham sifatli suratga tushirish imkonini beradi. Kamera 1920×1080 piksellarda (30 fps), HD sifatida videoga olishi mumkin.

Qurilmaviy qismi

Operativ xotira 1 Gb, ichki xotira esa 8 Gbga teng. Shuningdek, smartfonga 32 gigabaytli micro SD kartalarini o‘rnatish mumkin. LG L90 maksimal chastotasi 1,2 GGs bo‘lgan kuchli to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 400 chipida ishlaydi. 2540 mAh sig‘imli akkumulyator quvvati o‘rtacha 15—16 soat ishlatish uchun yetadi, ammo to‘xtovsiz o‘yinlar o‘ynash yoki videolar ko‘rish uchun qo‘shimcha quvvatlash kerak bo‘ladi.

L90’ga kiritilgan infraqizil porti yordamida smartfondan televizorlar, DVD/BR pleyerlar uchun pult sifatida ham foydalanish mumkin.

Dasturiy qismi, KnockCode

So‘nggi versiyadagi GoogleAndroid 4.4.2 (KitKat) apparati LG Electronics yangiliklari bilan to‘ldirilgan. Masalan, "to‘la hajmli skrinshot” funksiyasi veb-sahifalar nusxalarini to‘lig‘icha saqlab qolish imkonini beradi. "Smart-bufer” esa maxsus sahifa elementlaridan ko‘p nusxa olish uchun yaratilgan bo‘lib, bu keyinchalik hujjatda ularning har biridan alohida foydalanish imkoniyatini beradi.

Shubhasiz, smartfonning eng qiziqarli funksiyasi KnockCode’dir. Endi foydalanuvchilar ekranga bilinar-bilinmas taqillatish orqali qurilma displeyini blok rejimidan osongina chiqarishlari yoki ushbu rejimga kiritishlari mumkin. Shuningdek, KnockCode yordamida ma’lumotlar ishonchli himoyalanadi.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3553 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: LG
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
tolibjon_722303 Yaxshiga uxshiydi narxi qancha ekan???
Like | 0
Xursand Narhi qan4a ekan?
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное