Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Lola “milliy mentalitetga zid” liboslarni boshqa kiymaslikka va’da berdi

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonanda Lola (Yo‘ldosheva)ning “milliy mentaliletimizga zid” libosda konsertda chiqish qilgani yuzasidan Facebook foydalanuvchilari yo‘llagan shikoyat xatini ko‘rib chiqdi, deb xabar beradi “Kun.uz”.
Avvalroq, xonanda Lola Rayhon G‘aniyevaning konsertida kiyib chiqqan libosi ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokamalarga sabab bo‘lgan, bir guruh foydalanuvchilar uni qo‘llagan bo‘lsa, boshqalar uni tanqid qilib chiqqandi.
“Ushbu holat yuzasidan xonanda Lola Yo‘ldosheva ‘O‘zbeknavo’ estrada birlashmasiga taklif etilib, Rayhon G‘aniyeva konsertida kiyib chiqqan libosi milliy mentalitetimizga zidligi haqida san’atkorga tushuntirildi va undan tushuntirish xati olindi”, – deyiladi “O‘zbeknavo” javobida.
Tashkilotning javobida qo‘shimcha qilinishicha, Lola “kelgusida bunday holatlar qaytarilmasligiga va’da bergan”.
“Kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida barcha xonandalar konsert o‘tkazishdan avval maxsus ekspert guruhi vakillari tomonidan jiddiy ogohlantirilib, sahnaga chiqadigan har bir ishtirokchining libosi-yu, o‘zini tutishigacha muhokama etilib boriladi”, – deyiladi “O‘zbeknavo”ning javobida.
Manba:daryo.uz


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5330 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Lola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
sabinAA Lölaning umuman kal bölib, klipda tuwgan kadrlariyam bor.qaysi özbek ayoli lisiy böp yuradi? Haligi buyam AQSHdagi nargiza zakirovadek bömoqchi böptide?! Uyate!
Like | 0
sabinAA maladec!endi uzbeknavoda adolat onlari,maladec!yangi rahbar eplayapti maladec! Lolaning u kiyimi mentalitetimizga mutlaqo ZID! UNI KIYISHGA LO'LANING BETI QANDAY CHIDADIYKIN! Harqalay özbeksanku LÖLAPEPE? Özbek bölmasen umuman özbekchada ijod qilma! Özbek tilida ijod qivossanmi,deme özbekchilikka xos va mos "qiliq" chiqargin.
Like | 0
Ahrorbek63 to'g'ri qilishibdi, milliyligimizni saqlab qolishimiz kerak, bu holat hamalariga o'rnak bo'sin, kliplarga ham shunaqa komissiya tashkil qilish kerak
Like | 0
5913435 yaxshi qliwibti, ja haddidan oshib ketudi.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное