Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Lola Nyu-Yorkda jonli ijrodagi konsert dasturini taqdim etdi

Xonanda Lola 30 aprel kuni Nyu York shtati Bruklin shaharchasidagi "Master" san’at saroyida o‘zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. Bu haqda “hozirchashu.com” xabar bermoqda
“Konsert dasturi kutilganidan ham a’lo darajada bo‘lib o‘tdi deya bemalol ayta olamiz. O‘zbek shou-biznes olamida ijod qilayotgan yosh xonandalar orasida AQShda hali hech kim bu darajada muvafaqiyatli konsert namoyish etmagan va bu Lolaning o‘z ijodiga nisbatan to‘g‘ri yondosha bilishi, mehnati va muxlislariga bo‘lgan muhabbatining samarasi deyishimiz mumkin”,—deyiladi xabarda. 
Muxlislar Lolani sog‘ingan va shu o‘rinda Lola ham sahnani sog‘ingani uning ijrosida sezilib turdi. To‘la jonli tarzda bo‘lib o‘tgan mazkur konsert dasturida xonanda muxlislar bilan birga kuyladi. "Toshkent-Samarqand" taronasiga barcha muxlislar baralla, bir ovozda jo‘r bo‘lishdi. Eng sara taronalari joy olgan mazkur konsert dasturida xonandaning yangi, "Ya voda" deb nomlanuvchi taronasini ham aynan Nyu Yorkda o‘z muxlislariga taqdim etildi. 
Shu bilan birga xonanda Lola, AQShda o‘zbekistonlik fuqarolarning madaniy hordiq chiqarishlari va o‘zbek estradasini dunyoga tanitishda qilgan mehnatlari uchun "Uzbek TVNY"ning maxsus faxriy yorlig‘i bilan ham taqdirlandi. Konsert so‘ngida xonanda tashkilotchilarga, "Khaymans Group" pochta jo‘natmalari kompaniyasiga va tashrif buyurgan barcha muxlislarga o‘z minnatdorchiligni izhor etdi.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5962 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Lola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
kichkintoy96 Omad ijodlariga :)
Like | 0
Azamat4846 Qoyil bolarkanu bizaniyam xonandala chet elda komsert beriwsa
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное