Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Lola Tamilaning behayo videolarini tarqatganlarga nisbatan munosabatini bildirdi

Xonanda Lola hamkasbi Tamilaning videotasvirlarini tarqatganlarga nisbatan o‘z fikrini bildirdi. Garchi, Lola bevosita Tamilaning ismini keltirib o‘tmagan bo‘lsa-da, gap aynan u haqida ketayotganini anglash qiyin emas.
O‘zining “Instagram”dagi sahifasida quyidagi surat ostiga Lola shunday deb izoh qoldirgan.

“Oyoqlar. Krossovka. Devor. Siz bu suratda nimani ko‘ryapsiz, do‘stim? Suratda mentalitetimizga to‘g‘ri kelmaydigan nojo‘ya xatti-harakatlar, qadriyatlarimizni behurmat qiluvchi va ularga rioya etilmagan jihatlar yo‘qligiga qaramay, siz unda yashiringan mana shunday hayosiz mazmun ko‘rayotgan bo‘lsangiz ham ajablanmayman. Mentalitetimizning o‘ziga xos xususiyati qalblardagi yorug‘likni supurib yuborayotgan supurgiga o‘xshagan-til bo‘lib qolayotganini anglash naqadar qayg‘uli. Nahot, siz bundan zavq olsangiz? Kimnidir muhokama qilish, balchiqqa bulg‘ash, ayblarini ochib tashlash, tahqirlash, tuhmat qilish va lazzatlanish... Bu o‘rganib qolish (qaramlik)! Xuddi piyonista va giyohvandlar muntazam ravishda ma’lum doza ichmay, chekmay turolmagani kabi, bizning xalqimizga ham g‘iybat va shov-shuvning kunlik ma’lum dozasi kerak. Bu g‘iybat va shov-shuvni tarqatadiganlar esa ruhiy lazzat oladi. Ular kimnidir g‘iybat qilib, o‘zining naqadar buyukligini his etadi. Kecha bir voqeaning guvohi bo‘ldim. Unda kap-katta odamlar bir xonandaning 'Avval' va 'Keyini' aks etgan shaxsiy videosini mazza qilib tomosha qilayotgandi. Ishonuvchan va ahmoq qiz hamda adoyi tamom bo‘lgan inson bo‘lish, nazarimda,mazkur videoni tarqatayotgan achinarli sirtlon bo‘lgandan ko‘ra yaxshiroq. Mazkur videorolikni mag‘rurlanib, o‘z saytida joylashtirayotgan va tarqatayotgan insonlarning o‘zi ham kun kelib shunday holatga duch kelishadi. Ammo asl mohiyat bunda ham emas. Birov haqida yozishdan va biron narsa deyishdan oldin, o‘rningizdan turing va o‘sha insonning o‘rniga o‘zingizni qo‘yib ko‘ring va bu narsaning sizga nima uchun kerakligi haqida o‘ylang!”,- dedi Lola.
Ma’lumot uchun, ijtimoiy tarmoqlar orqali xonanda Tamila ishtirokidagi behayo videoroliklar tarqalganidan so‘ng, xonandaning prodyuseri u bilan shartnomani bekor qilgan edi.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 10940 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: behayo videolari, Lola, Tamila
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
fa Лола узини билсин.
Like | 0
NaTaLi Endi hammani o'z shaxsiy fikri borku. Sizniyam aytayotgan gaplarizda jon bordir
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное