Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Lola va sirli Qahramon birgalikda "Sog'indim"da

Lolaga lisenziyasi qaytarilganidan boshlab (lisenziyasi ma’lum muddat to‘xtatib qo‘yilganida ham ijodini alamzadalik ila to‘xtatib qo‘ymadi va to‘g‘ri qildi!), u ijod dengiziga yangi g‘ayrat ila sho‘ng‘idi. Yangi qo‘shiqlar premerasi, yangi kliplar, yangi loyihalar... Dunyo shou-biznesi bilan hamnafas yuradigan bu xonanda shov-shuvlar ko‘tarishni xush ko‘radi. Aslida shou-biznes bosh qoidasi ham shu: omma e’tiborini qozonish va kutilmagan yangiliklar bilan muxlislarni qiziqtirish!
Lola ijodiga o‘ziga xos didli yondashuvi bilan boshqa hamkasblaridan ajralib turadi. Muomalali, intellektual salohiyatli ayol.  Tanqidni ham mardonavor qabul qilishi – uning shou-biznesda ancha pishganidan darak.
Kuni kecha xonanda yangi taronasi – “Sog‘indim”ga klip suratga olishni boshladi. Kayfiyati a’lo Lola suratga olish jarayonining birinchi kuni a’lo o‘tgani haqida fotosuratlari orqali bildirib qo‘ydi. Eng qizig‘i, birinchi kundan katta shov-shuvlar boshlandi.  Lola bosh qahramon yuzini suratlarda oshkor etmadi. Sirli qahramon! Xonandaning ish yurituvchisi Amaliyaga  ko‘ra, “Sog‘indim” klipidagi bosh rol ijrochisi, ya’ni Lolaning oshig‘i erta-indin fosh etiladi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlar allaqachon taxminiy fikrlarga to‘ldi! Ularning aksariyatida bu sirli qiyofa – Rayhonning sobiq turmush o‘rtog‘i – aktyor Yigitali Mamajonovdir. Balki, shundaydir?! Biroq, rasman bildirishmasa, eng  aniq taxmin ham taxminligacha qolaveradi. Agar, taxmin rost bo‘lib chiqsa, Lola to‘g‘ri tanlov qilgan. Axir, Yigitali va Lola juftligi xonandaning mashhur bir klipi orqali tomoshabinlar tomonidan iliq qarshi olingan!  
Keling, yaxshisi, taxmin bo‘lmagan aniq ma’lumotlarga to‘xtalamiz. “Sog‘indim” klip  ijodkorlari:
Rejissyor – Sanjar Matkarimov, operator – Rustam Muratov, ikkinchi rejissyor – Mansur Vasati, grim ustasi – Renata Iskandarova, liboslar bo‘yicha rassom – Hilola Sher, kartina bo‘yicha rassom – Bahritdin Shamsitdinov, vizajist – Diana Yakusheva.
Qarang, bir klip uchun shuncha ijodkorning joni halak. Ancha mehnatlar samarasi o‘laroq, shov-shuvli klip yaratilishidan umid qilamiz! Omad, Lolagul!
Jasur HAMROYEV  


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4640 | Рейтинг: 0| Рейтинг: So'gindim, Lola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное