Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Lola va Yigitali “Sog‘indim” klipi yuzasidan muxlislarning e’tirozlariga javob berdi

Muxlislarning “Lola dugonasining turmush o‘rtog‘i bilan ehtirosli sahnalarda chiqishi shartmidi?”, “Nega aynan Yigitali?” kabi savollariga javob olish uchun “Darakchi.uz” xonanda Lola Yo‘ldosheva va aktyor Yigitali Mamajonov bilan bog‘landi va ularning javoblarini e’lon qildi.
“Menimcha shaxsiy hayot va ishni bir-biriga aralashtirish to‘g‘ri emas. Agar muxlislar klipdagi voqealarni sinchkovlik bilan kuzatgan bo‘lsa, men bundan faqat xursand bo‘laman, demak, biz vazifamizni uddalabmiz. Bizning sohada aktyorlik muhim o‘rin tutadi. Nega aynan Yigitali bilan hamkorlikda ijod qilganimizga kelsak, biz bir necha yil ilgari partnyorlikda klip ishlagan edik. Va Yigitali ilk muvaffaqiyatli rolini ham aynan mening qo‘shig‘imga ishlangan klipda ijro etgandi”, — dedi Lola.
Yigitali Mamajonov esa o‘z fikrini quyidagicha izhor etdi: “Biz kasbimizdan kelib chiqqan holda rol ijro etdik, xolos. Men aktyorman va berilgan vazifani bajarishim shart. Odamlarning gap-so‘zlariga esa anchadan buyon ahamiyat bermay qo‘yganman”.
Eslatib o‘tamiz, Lolaning yangi “Sog‘indim” klipi muxlislarning e’tirozlari va keng muhokamasiga sabab bo‘lgan edi.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 12806 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yigitali, Lola, Sog'indim
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
sanjarezoz Ko‘p gapiribdida bu qiz. :o Yigitali Ummonni "Yo‘q" degan qo‘shig‘idagi klipdan keyin mashhur bo‘lib ketgandi. Kattalikni qarang. Man mashhur qildimmish <_<
Like | 0
gambit_7_92 Тугрида иш ишда. А шахсий хаёт бошк,а. Ушанчунам келила улани тугри тшунамиза
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное