Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Lola: xalqimiz ham har kuni mishmish va fitnaga muhtoj bo'lib turadi

Xonanda Lola o'tgan yili kontsertlardan birida kiygan libosi tufayli qiyinchiliklarga duchor bo'lib, muxlislarning keskin tanqidlariga uchragan yedi. Oradan ancha vaqt o'tib, xonanda litsenziyasini qaytarib oldi va yeski faoliyatiga qaytdi. Ammo uning dilidagi alamzadalik hech qaerga ketmagan, shekilli, u mavzuni davom yettirishga qaror qildi.

Instagram’dagi sahifasida u bir juft oyoqning rasmini joylashtirdi. Bu oyoqlar uning o'ziga tegishlimi, yo'qmi, noma'lum.

Surat ostida quyidagicha izoh qoldirildi:

“Oyoqlar. Krosslar. Devor. Do'stim, sen bu fotoda nima ko'ryapsan? Agar sen yashirin yerotik mundarija topgan bo'lsang ajablanmayman; balki bu foto odob-axloq me'yorlarining butunlay yo'qligini, an'anaviy, axloqiy qarashlar va mentalitetimiz printsiplariga bo'lgan hurmatsizlik haqida guvohlik berar? Mentalitetimizning o'ziga xos jihati qalbimizdagi nurni o'chiruvchi til bo'layotganini anglash achinarli... Buning siri nimada? Kimnidir muhokama qilish, loy chaplash, fosh qilish, pastga urish, g'iybat qilish... va asal ichish (rohatlanish ma'nosida)... Bu kasallik Piyonistalar, nashavandlar bor, ular doimo doza kerak, bizning xalqimiz ham har kuni mishmish va fitnaning yangi dozasiga muhtoj bo'lib turadi. Mishmish va g'iybat tarqatgan yesa hatto psixologik qoniqish hosil qiladi! Odamni axlatga botirding va o'zingning buyukligingni anglading! Kecha bir sahna guvohi bo'ldim, kap-katta odamlar bir qo'shiqchi qizning avtobiografik videosining boshidan oxirigacha ko'rishdi. To'g'ri, ahmoq, to'g'ri, ishonuvchi qiz, yo'qotilgan odam, lekin bu axborotni tarqatib yurgan ayanchli chiyabo'ri bo'lgandan yaxshiroq. O'z saytlarida g'urur ila bunday videoroliklarni joylashtirayotgan odamlarning o'zlari qachonlardir kompromat qurboni bo'ladilar. Lekin mohiyat bunda yemas. Biror ish qilish, biror narsa yozishdan oldin boshqa odamning o'rniga o'zingizni qo'yib ko'ring, sizga bu nima uchun kerakligini o'ylab ko'ring!”.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4132 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Lola: xalqimiz ham har kuni mishmis
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
samiya tog'riii
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное