Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Lola Yo‘ldosheva farzandlari haqida yolg‘on gapirdi







Nihol” mukofoti sovrindori Lola Yo‘ldosheva ijodidan farqli o‘laroq shaxsiy hayoti bilan doim e’tibor markazida bo‘lib kelgan. Ta’bir joiz bo‘lsa, bugungi kunda Lolaning qo‘shiqlari va kliplariga qaraganda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirayotgan suratlari va ularga qoldirayotgan izohlari ko‘proq tilga tushyapti.
 
Lola ijtimoiy tarmoqqa yozib qoldirayotgan fikrlar doim katta qiziqishga va muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Navbavtdagi surat va mulohazalar ham bundan mustasno emas. Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga qizni Shahinaning suratini joylashtirgan xonanda shunday yozadi:
 
“Xayrli kun! Aziz do‘stlar, ko‘pchiligingiz farzandlarim bor yo‘qligi borasida qiziqasizlar... Farzandlarim bor! Ikki nafar! Qizimning ismi Shahina, o‘g‘limning ismi esa Shohdiyor. Men imkonim boricha ularni ijtimoiy tarmoqlardan uzoqda tutaman. Men o‘zim anglagan holda bolalarimni internet orqali piar (reklama) qilmayman, ularning hayoti borasida ma’lumotlar bermayman va ularning fotosuratlarini joylamayman. Chunki men ularni juda yaxshi ko‘raman va asrayman... Lekin bilasizlarmi, ba’zan bu “mo‘jiza”larim suratlarini joylagim keladi. Bu baxt va u sukunatni sevadi!”
 
Lola Yo‘ldoshevaning yuqorida yozib qoldirgan mulohazalari e’tiborimizdan chetda qolmaganining sababi bor. Xonandaning farzandlarini muxlislari juda yaxshi tanishadi. Chunki bir vaqtlarda Lola ularning suratlarini tinimsiz ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirardi. Endi esa men bunday qilmayman, deyishi biroz noo‘rindek. Axir Lola emasmidi ular bilan fotosessiyalarni omma bilan ulashyotgan. Boz ustiga Lolaning ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi farzandlarining suratlari bilan to‘la. Ular orasida sobiq turmush o‘rtog‘i Shohruhni ham ko‘rish mumkin. Ba’zan ijod ahlini tushunish qiyin. Bugun aytgan gapi ertaga to‘g‘ri kelmaydi. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 9884 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Lola Yo'ldosheva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NaTaLi <_<
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное