Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)

Loladan uzoq kutilgan tarona “Sevgimsan”

Estradamizning betakror yulduzi, latofatli Lola ashaddiy  muxlislari davrasida uzoq kutilgan “Sevgimsan” taronasi taqdimotini o‘tkazdi. Mazkur kechada xonanda hali hamon zavq bilan tinglanadigan va xit darajasiga ko‘tarilgan qo‘shiqlari bilan birga so‘ngi kompozisilarini ham muxlislariga armug‘on etdi. Lola bu oqshom yanada jozibali va ko‘zlari quvonchdan porlab turardi. Qalbi mehr-muhabbatga limmo lim ekanini uning nigohlaridan payqash qiyin emas edi.

Tadbir boshidayoq tashrif buyurganlar uni qo‘llab-quvvatlab, miriqib raqsga tushishdi. Qo‘shiqlarni birgalikda kuylashdi.  Yoqimli  va dilga yaqin kompozisiyalardan so‘ng, yangi “Sevgimsan” taronasini taqdim etdi. Mazkur uzoq kutilgan musiqiy asar muxlislar tomonidan kutilganidanda a’lo darajada qarshi olindi.

Qo‘shiqning mualliflariga to‘xtaladigan bo‘lsak, so‘zlari Ilhom Yo‘lchiev ya’ni Dj Piligrim qalamiga mansub. Musiqani ham Dj Piligrim bastalagan. Aranjirovkasi esa Jasur Badalboyev tomonidan amalga oshirilgan.  Ushbu kompozisiyaga videoklip mahoratli klipmeyker Yodgor Nosirov rejissyorligida suratga olish ishlari boshlab yuborilgan. “Sevgimsan” taronasi ikki turda yaratilgan. Musiqiy asar sevgi-muhabbatni tarannum etadi. Sevib qolgan insonning sof tuyg‘ulari, qalb so‘zlari, kechinmalari barchasi mazkur qo‘shiqda mujassamdir. Ming bor gapirgandan ko‘ra, bir bor ko‘rgan afzal deganlaridek, biz ham sizni yorqin kecha muhrlangan qaynoq fotosuratlarni tomosha qilishga, shuningdek, latofatli Lola ijrosidagi “Sevgimsan” kompozisiyasini tinglashga chorlab qolamiz. Marhamat, tinglang va baho bering. O‘z fikr-mulohazalaringizni yozib qoldirishni unutmang.


Manba:popcorn.uz
Категория: MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)
Просмотров: 4088 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Lola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
muhri7205 :p :o
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное