Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Lolaning «yaralangan qanoti»da kimning taqdiri yotibdi?

Lolaning yangi taronasiga klip suratga olish ishlari nihoyasiga yetdi.
Xonanda uzoq muddatli faoliyati davomidagi ilk hayotiy musiqiy trek va video yaratilganini tan oldi.
«Yaralangan qanot» taronasi noodatiy tarixga ega. Taronaning dunyoga kelish tarixi bir qizga tegishli (uning ismini iltimosiga ko‘ra oshkor qilmaymiz), u o‘zining hayotiy kechinmalari haqida Lolaning pochtasiga xat yozdi. Xatda aks etgan hikoya ayol ko‘nglining havotirli hayqirig‘i edi. Ayol hamdardligi Lolani ushbu xatga javob qaytarishga undadi. Qo‘shiqda aldangan yosh qizning taqdiri yotibdi, hatto qo‘shiq nomi ham uning so‘zlaridan olingan «Yaralangan qanot bilan, uchar bir qizcha».
Lola Sarvar va Komilga ushbu taklif bilan murojaat qilganida ular oldida u qadar oson bo‘lmagan vazifa turganini ko‘rdi. Bir necha oy davomida yigitlar Lolaning ushbu musiqiy treki ustida ishladi.
Tarona tayyor bo‘lganida yana bir g‘oya tug‘ildi. Unga ko‘ra, endi qo‘shiq ssenariysini ham hayotiy qilib suratga olish kerak edi. Shu sababdan klipning eng yaxshi klip ssenariysi tanlovi e’lon qilindi. Ssenariyni avval hech qachon shou-biznesga aloqasi bo‘lmagan Alisher Jumaboyev yozdi. Ijodiy guruh va Lola uni bajonidil o‘z jamoalariga qabul qildi.
Klip taqdimotiga sanoqli kunlar qolmoqda. Bizni kuzatib boring!
Klip ijodkorlari:
Rejisser: Sarvar Azimov
Operator: Behzod Po‘latov
Ssenarist: Alisher Jumaboyev
Qo‘shiq matni: Sarvar va Komil
Bosh rol ijrochisi: Yulduz Rajabova, Qahramon Abdurahimov, Jafar Kenjaev, Amaliya Xusnitdinova
Kartina rassomi – Shamsutdinov Bahritdin
Liboslar bo‘yicha rassom – Nariman Grigoryan


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5800 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yaralangan Qanot, Lola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
3001221 Yulduz rajabova klipni buzade <_<
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное