Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Maftunkor Shahzoda qozoq tilida qo‘shiq kuyladi!

Shou-biznes olamida o‘z intilishi, mehnatlari hamda samimiyligi bilan xalqimiz muhabbatiga sazovor bo‘lgan va bugungi kunda nafaqat yoshlarning, balki kattalarning sevimli xonandasiga aylangan betakror Shahzoda  kutilmagan tarona bilan muxlislarini xushnud etishga ahd qildi. U qozoq tilida qo‘shiq kuyladi. “Ayala” deb nomlangan mazkur kompozisiya “O‘zbegim Taronasi” radiosining premera loyihasi orqali jarang sochdi. Tinglovchilar tomonidan kutilganidanda a’lo darajada qarshi olingan bu musiqiy asar Salikov Medet tomonidan yaratilgan.

Salikov Medet Qozog‘istonlik taniqli shoir va bastakor  hisoblanadi. Bu san’at vakili Shahzodaning ijodini doimiy kuzatuvchilaridan biriga aylangan. U internet orqali Shahzoda bilan bog‘lanib, bir nechta taronalarini yuborgan. Ular ichidan xonandaga “Ayala” qo‘shig‘i manzur keldi va uni ijro etdi.

Ma’lumki, Shahzodaning ijodini nafaqat yurtimizda, balki, qo‘shni va yevropa mamlakatlarida katta qiziqish bilan kuzatib borishadi. Bundan kelib chiqib shuni alohida aytib o‘tishimiz joizki, maftunkor Shahzodaning “Ayala” kompozisiyasi Qozog‘istonlik muxlislari uchun ham oltin kuzda munosib tuhfa bo‘ladi. Ayni damda siz xonandaning qozoq tilida kuylangan taronasini saytimiz orqali tinglash va baho berish imkoniga egasiz.
Manba:popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5513 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: qozoq tili, Maftunkor, qo‘shiq kuyladi, Shahzoda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Nishon0891 Xamasi yaxshi hammasiga rahmat. B)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное