Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Qirolicha - Stakan Version
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“Mahallada duv-duv gap - 2” haqidagi tafsilotlar ma`lum qilindi



 

Mahallada duv-duv gap”, “Sen etim emassan”, “Olovli yo`llar” kabi ko`plab kinofilmlarni tomoshabinlarga taqdim etgan, “El-yurt hurmati” ordeni va “Shuhrat” medali sohibi Shuhrat Abbosov rejissyorligida ishchi nomi “Mahallada duv-duv gap - 2” (“Ana syurprizu, mana syurpriz”) badiiy filmini tasvirga olish ishlari yakunlanib qoldi. Film “Dono Productions” kinokompaniyasi tomonidan suratga olinmoqda. 

“Mahallada duv-duv gap - 2” kinofilmining asosiy voqealari Farg`ona viloyati (Farg`ona, Marg`ilon, Qo`qon shaharlari, Rishton, O`zbekiston tumanlari) va Toshkent shahrida tasvirga olindi. Bosh qahramon, mahalla fuqarolar yig`ini raisi – Xosiyat opa va uning uch nafar o`g`li atrofida ro`y beradigan voqealar orqali, umuman respublikamizda so`nggi yillarda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, mahalliy aholi ongida ro`y bergan ma`naviy o`zgarishlar, ertangi kunga bo`lgan ishonchning ortishi jarayoni yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlanadi. 

Filmda bosh qahramon rolini Dilbar Ikromova, uning uch o`g`lini – yosh aktyorlar Erkin Bozorov, Sur`at Islomov, Abbos Ibragimovlar gavdalantirgan. 

Aktyorlar jamoasi tarkibida Husan Sharipov,Gulchehra Jamilova, Muqaddas Holiqova, Muyassar Berdiqulova, Madina Muxtorova, Valijon Shamsiev, Dilshodbek Kattabekov, Mohira Nurmatova, Shodiya To`xtaeva, Shirin Ismoilova, Laziza Nozimxonova, Zebiniso Holiqova, Kumush O`ktamova kabi o`nlab xalqimiz suygan ijodkorlar bor. 

Postanovkachi rejissyorlar – Shuhrat Abbosov va Nozim Abbosov. Ssenariy muallifi – Shoira G`iyosova. Ikkinchi rejissyor Farhod Xudoyberdiev. Tasvirga olish guruhi qariyb 50 kundan buyon s`yomka jarayonlarida mehnat qilishmoqda.

Film ijodkorlarining ma`lum qilishlaricha, kartinani Navro`z ayyomiga tuhfa qilish rejalashtirilgan.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3415 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Mahallada duv-duv gap - 2
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Alisher пишет: | 28.11.2016 | 21:28 ( E-mail ) #2 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Duv duv gap b6larkande %)
Like | 0
NuR_KR пишет: | 28.11.2016 | 14:57 #1 Страница с комментарием
NuR_KR Kutamiz!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное