Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Makkartni "Karib dengizi qaroqchilari"ning beshinchisida rol ijro etadi

Britaniyalik musiqachi Pol Makkartni "Karib dengizi qaroqchilari"ning beshinchi qismining suratga olinishida ishtirok etadi. Bu haqda Deadline xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, u 2017 yilning 26 mayida namoyish etiladigan "Karib dengizi qaroqchilari: marhumlar ertak aytmaydi" filmga muvaffaqiyatli tarzda qo‘shilgan qo‘shimcha sahnalarda suratga tushgan. Ayni vaqtda u filmda aynan qanday rol ijro etgani borasida aniq ma’lumot yo‘q. Shunisi ma’lumki, filmning beshinchi qismida tomoshabinlar Orlando Blum va Uilli Ternerning qaytishiga guvoh bo‘lishadi.
Insayderlar ma’lumotiga ko‘ra, yangi film seriyaning birinchi qismi bo‘lgan "Karib dengizi qaroqchilari: Qora marvarid kulfati" filmiga yaqinroq ruhda chiqadi.
"Karib dengizi qaroqchilari" filmining uchinchisida The Rolling Stones guruhi gitarachisi Kit Richards rol ijro etgandi.


Manba:kun.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 3076 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Karib dengizi qaroqchilari
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное