Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Qaqnus - Mal De music
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Gollivud aktyori Rustam Sa’diev filmida bosh rolni ijro etadi

Shov-shuv.uz saytining ma’lum qilishicha, "Karib dengizi qaroqchilari", "Muqaddas zamin" kabi Gollivud filmlaridagi ishtiroki orqali tanilgan aktyor Gassan Massud o‘zbekistonlik rejissyor Rustam Sa’diev suratga olayotgan "Baron" filmida bosh rolni ijro etish uchun taklif etilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, rejissyor ayni paytda "Baron" filmining suratga olish ishlari bilan Istanbulda bo‘lib turibdi va shu vaqtgacha mashhur aktyor bilan hamkorlik qilayotgani haqida bildirmagan.
Shov-shuv.uz sayti muallifi taniqli rejissyor Ridli Skott Gassan Massudning iste’dodini yuqori baholab, unga "“Muqaddas zamin” filmidagi bosh rollardan birini berganini eslab, Rustam Sa’dievni ham Skottga qiyoslaydi.
Muallif rejissyor bilan telefon orqali gaplashib, undan film va Gassan Massudning ushbu filmga taklif etilish jarayoni bilan qiziqadi.
“Baron”da ko‘plab mashhurlarning ishtiroki o‘zimga nisbatan izzattalablik yo-da hamkasblarim oldida o‘zimni ko‘rsatish emas. Bu o‘zbek filmi dunyo xalqlari orasidagi global muammoga kengroq va chuqurroq ma’noda o‘tkir nazar tashlashni o‘z oldiga maqsad qildi. Tabiiyki, filmda jahonda tanilgan aktyorlar ijrosi uning dunyodagi ko‘p davlatlarda obro‘sini oshiradi. “Baron” – birgina rejissyor ishi emas, bu film ustida juda katta ijodiy jamoa ter to‘kmoqda. Gassanga kelsak, aktyor sifatida u menga yoqadi. “Baron”da men mo‘ljallangan rolga uning xarakteri va tashqi ko‘rinishi juda mos. Muhimi, Gollivud filmlari orqali tanilgan mashhur yulduz taklifimizni rad etmay, “Baron”da rol ijro etishga rozilik berdi. O‘ylaymanki, yangi kartinam kinomuxlislar ishonchini oqlaydi", deydi rejissyor.
Shundan so‘ng, Gollivud kinoyulduzi ham ilk marta o‘zbek OAVi vakiliga intervyu beradi. Muallif undan ilk taassurotlari haqida so‘raydi.
"Assalomu aleykum! Iliq fikrlaringiz uchun tashakkur. To‘g‘ri, aksariyat rollarimni Gollivud filmlarida ijro etganman. Buyuk Britaniyadagi agentim o‘zbekistonlik kinoijodkorlardan taklif tushgani haqida aytganida, boshim ko‘kka yetdi. Chunki, bu ko‘hna zamin, betakror tarixiy diyor haqida ancha ma’lumotga egaman. Ilm-fan taraqqiyotida dong‘i ketgan mamlakatning ijodkorlari ham bilimli, intiluvchan va zamonaviy idrokda bo‘lishiga shubham yo‘q. Taklifga javobni uzoq o‘ylamadim. Agentim orqali roziligimni bildirdim. Shu filmda suratga tushish uchun Istanbulga uchib keldim. Mana, uchrashdik. Ijodkorlar haqida tasavvurim chin ekanligi isbotini topdi. Filmlarim jo‘g‘rofiyasi yana bir go‘zal mamlakat, bag‘rikeng xalq qalbi bilan kengayayotganidan xursandman. O‘zbek kinomuxlislariga yanada yaqin qilishda esa Rustamning o‘rni bo‘lakcha. Unga alohida minnatdorchilik bildiraman. Ayni paytda rolimga tegishli dialoglar bilan tanishayapman. Shunday ekan, bu film bilan bog‘liq boshqa savollaringizni suratga tushish jarayonlaridan so‘ng kutib qolaman. Shukran!", deydi aktyor.
Ma’lumot uchun, Gassan Massud Finlyandiya va Germaniyada tahsil olgan. So‘ngra vatani Tunisga qaytib, teatr san’ati maktabini tugatib, shu dargohda 10 yil dars berdi. U Tunisdagi arab-afrika teatr markazi asoschilaridan biri hisoblanadi.
Shu tariqa, endi uning filmografiyasidan “Muqaddas zamin” (Salohiddin), “Bo‘rilar vodiysi: Iroq” (Abdurahmon Xolis Karuki), “Karib dengizi qaroqchilari: dunyoning oxiri” (Kapitan Ammand), “Umar ibn al-Hattob”( serial, Abu Bakr), “Chiqish: Xudolar va Shohlar” ( Ramzesning katta vaziri) kabi mashhur filmlar qatorida "Baron" filmi ham joy oladi.


Manba:kun.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 11400 | Комментарии: 6 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Karib dengizi qaroqchilari, Rustam Sa’diev, Baron
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 6
abbos996 Premiyerasi qachon bularkan a?
Like | 0
Americano yaxwi!
Like | 0
@Kamilla@ Ajoyib-ku! :Y
Like | 0
grand_00 Zo'r : ok :
Like | 0
qaqush223 Jaxsig'oy,amed o'ng'a
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное