Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Ayol Qalbi - True Love
. Klon-soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Osiyo-Soundtreck
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Qirolicha - Soundterck
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Rustam Sa’diev kimni tanla(y)di?!

Ommaviy so‘rovnoma davom etmoqda. Tan olish kerak saundtrek uchun eng reytingi yuqori yulduzlar orasidan eng munosibini tanlab olish jarayoni shu paytga qadar hali bunchalik  qizg‘in tus olmagandi. Yanada aniqrog‘i, bu jarayon yangilik bo‘ldi! Jahon andozalariga mos tarzda yaratilayotgan ilk o‘zbek filmi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda.  Hollivud , Rossiya va o‘zbek kinosining eng yorqin kinoyulduzlari ishtirokidagi “Baron” uchun kuylanajak maxsus qo‘shiqqa alohida e’tibor qaratilishi esa maqsadga muvofiqdir. Shu boisdan rejissyor omma fikri bilan qiziqishni lozim topdi. So‘rovnomaning birinchi turida 6 ta mashhur yulduzdan eng sara to‘rttasi tanlab olindi. Keyin uchtasi. Nihoyat, finalda 2 ta eng mashhuri qoldi. Endi ulardan bittasini tanlash oson kechmaydi. Axir, ijtimoiy tarmoqlarda haqiqiy “fan battl” boshlandi. Muxlislar o‘z kumirlarining g‘olib bo‘lishini istab, bir-biridan bo‘sh kelmayotir! Jarayonlarni sinchkovlik bilan kuzatib borayotgan rejissyor, Rustam Sa’dievdan fikr olishni muvofiq topdik. So‘z sizga! Janob Sa’diev!
-Jarayonni kuzatmoqdamiz. Biroq, xulosa qilishga hali erta. Yangi film yaratishdan oldin  omma talab va itstagini birinchi o‘ringa qo‘yaman. “Baron” – katta bir ijodiy jamoa mehnatlari evaziga yaratilayotgan kartina. Shunday ekan, yakka o‘zim hech nimani hal qilmayman. Finalgacha yetib kelgan xonandalarga kelsak, har birining o‘ziga yarasha yo‘li va ijodi bor. Sodiq muxlislari bor. Ular yulduz darajasiga bejizga yetmaganligiga so‘rovnomani kuzatib, yana bir karra amin bo‘ldim.  Rayhon bilan bir necha marotaba hamkorlik qilganman. Filmlarimning omma qalbiga kengroq va to‘g‘ri yetib borishida Rayhonning beqiyos xizmati bor. Shahzodaning qo‘shiqlarini sevib tinglayman. Biroq, u bilan na aktrisa sifatida, na xonanda sifatida hamkorlik qilmaganman.  Xursandmanki, muxlislar juda faol. Ulardan qay biri yangi filmim uchun saundtrek kuylashidan qat’iy nazar, xalqimiz katta qiziqish va hurmat ila qarshi olishiga umid qilaman - deya ilk xulosasini bildirdi, rejissyor.
Demak, qat’iy fikrgacha hali bor. Kuzatishda davom etamiz!

 
Jasur HAMROYEV


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 5985 | Комментарии: 8 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Baron, Rustam Sa’diev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 8
Nadiwka996 Tohir sodiqov etsnn hammaga brde yoqadii
Like | 0
Iymona Bulani chroyi uchun muhlisi ko'pdur. Lekin rayhonni ovozi yo'q. Toxir sodiqov bekor chiqipketti. Ziyodani ovoziyam bulanikidan zo'ridi
Like | 0
azamat577 Манам РАЙXОН куйлашини холардим
Like | 0
omina1710 ikkolovi duet aytishsin bo'masam
Like | 0
@Kamilla@ Rayhon yes
Like | 0
@Kamilla@ Shahzodani yaxshi korsamda
Rayhonni muzikalarida ozgacha yevropacha uslub bor ! Rayhonni tanlardim
Like | 0
snejinka Gulsanammi tanlasin ikkisiniyammas
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное