Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

"Baron" Giyohvandlikka qarshi kurashishda o‘zbek rejissyorining o‘z gapi bor!

U 2003 yilda “Muhabbat sinovlari” ila kinoga ilk qadam tashlab, shu film orqali o‘zbek kinosida xususiy kinoindustriya ham rivojlanishi mumkinligiga umid uyg‘otib, yo‘l ochgandi.
Oradan 12 yil o‘tib,  ijod o‘tida pishgach, “Sotqin”ni yaratib, kino xalqqa adolatli gaplarni aytishi mumkinligiga ishontira oldi.
Endi esa o‘zbek kinosi dunyo kinematografiyasi rivojida ham o‘z o‘rniga ega bo‘lishi haqida bong urmoqda.
Rustam Sa’diev. Gohida, mingta ta’sirli ta’rifdan ko‘ra, ism-sharifning o‘zi yetarli bo‘ladi. Chunki, bu nom qalblarga va xotiralarga kirib borgunicha, ijodkorning o‘zi qancha peshona terini to‘kishiga, o‘s ustida kunduz va tunni bilmay ishlashiga to‘g‘ri keldi. 
Sa’dievga ayrim hamkasblari faqat “xontaxta” filmlar ijodkori deya qarab kelayotgan mahal “Sotqin”dan keyin tillarini tishlab qolishgan bo‘lsa, ajabmas. Hozir tomoshabin juda ziyraklashib bormoqda. Oldinlari filmda bir-ikki mashhurning qiyofasiga qarab, kinotetarga borishgan bo‘lsa, hozirgi paytda avval filmning rejissyoriga e’tibor qaratadigan bo‘lishgan. Aslida, dunyo kinosida ham shunday. Rejissyor kimligini bilib, keyin chipta xarid qilishadi. Buning mohiyati shundaki, professional rejissyor odatda qo‘l uchida kartina yaratmaydi-da! Ta’bir joiz bo‘lsa, zamonaviy o‘zbek kinosida o‘z ishiga bor vujudini baxsh etayotgan o‘nta rejissyor bo‘lsa, ularning eng oldida ham shu Sa’diev, bitta bo‘lsa ham uning o‘zi! Rustam Sa’diev filmografiyasini “bo‘lar-bo‘lmas” film soni bilan to‘ldirishni emas, avvalo, omma ishonchini oqlashni o‘ylaydi. Balki, shu boisdan ham u o‘zbek kinosida bayroqni baland ko‘tarib kelayotgandir?
“Sotqin”dan keyin  belini mahkam bog‘lab, yangi loyihaga kirishib ketgan rejissyor shu kunlarda u haqdagi yangiliklarni ochiqlamoqda.Bu xabarlar ommani xursand qilishi, ko‘p rejissyorlarni sergaklantirib qo‘yishi tabiiy. Ishchi nomi “Baron” bo‘lgan yangi filmga nafaqat yurtdoshlarimiz balki xorij kinosi muxlislarining ham e’tiborini qozondi. Kartinada o‘zbek kinosining eng iste’doli va mashhur yulduzlari qatori Rossiya kinosining eng yetuk talantlari rol ijro etadi. Bu haqda rejissyor shunday deydi:
-“Baron” filmining suratga olish ishlari yakunlanish arafasida. Yangi filmim o‘zbek va rus aktyorlarining o‘zaro tajriba almashishi, bir-birlaridan ijro mahoratining nozik qirralarini o‘rganishlari uchun bir maydon vazifasini o‘taganidan xursandman. “Baron” – bugungi zamonning o‘ta dolzarb masalalaridan biri – giyohvandlikka qarshi kurashish g‘oyasini o‘rtaga tashlaydi va mantiqiy yechim izlaydi. O‘zbek kinosida ilk marta rossiyalik mashhur aktyorlar Pavel Priluchniy (Rossiyada bizning Ulug‘bek Qodirov kabi yoshlarning sevimli aktyori), Andrey Smolyakov (Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist), Farhod Mahmudov (Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist), Viktor Verjbiskiy (Rosiya xalq artisti) kabilarning namoyon bo‘lishi dunyo kinosiga kichik yo katta qadamdan nishonadir.  
Suratga olish jarayonlarida rossiyalik kinoyulduzlardan film haqida saytimiz uchun maxsus fiklar olishga muvaffaq bo‘ldik. 
Pavel Priluchniy:  “Avvalambor, shunday yirik loyihaga taklif etgani uchun Rustamga minnatdorchilik bildiraman. Hamkasbim Andrey Smolyakov bilan ilk marotaba bitta filmda ijod qilishim. Bu orzularimdan biri edi. Shuning o‘zi muxlislarim oldida  yana bir pog‘onani zabt etishimdir! Dunyo andozalariga mos o‘zbek filmi yaratilayotganidan mamnunman.  O‘zbek tomoshabiniga aytmoqchi bo‘lganim, ssenariyni o‘qib bo‘lgach, bu filmda albatta suratga tushish istagi tug‘ildi va qarorim to‘g‘ri ekanligiga ishonaman. “Baron” kartinasidan taklif tushganida,  “Major” filmining davomini suratga olish ishlari arafasida edik.  Prodyuserdan grafikni bir haftaga kechiktirishni iltimos qildim. Toshkentga kelib, ish jarayonini kuzatib, o‘zbek kinosida ham fidoyilar borligiga amin bo‘ldim . O‘zbek xalqining mehmondo‘stligi, insoniyligi va samimiyligini menda katta taassurot qoldirdi. Suratga olish  jarayonini kuzatib, oddiy odamlardan rejissyor haqida surishdirdim. Bu rejissyor haqidagi fikrlarni eshitib, hozirgi kundagi mavqeimga putur yetkazmaganimni tushundim. Filmografiyamdan yana bir yaxshi kartina joy olishidan umidvorman”.
Andrey Smolyakov: “Visotskiy” filmini suratga olish jarayonida O‘zbekistonda oilam bilan ikki hafta davomida yashaganman. Samarqand va Buxoro haqidagi taassurotlarim bir olam. Visotskiy bu tarixiy makonga bejizga kelmagan ekan!  O‘zbekistonning betakror istarasi bor. Ispaniyada yashasam ham, ko‘p vaqtim Moskvada, teatr va kinoda o‘tadi. Shu boisdan vaitim juda tig‘iz. Biroq, Toshkentda yangi filmda suratga tushish uchun vaqt orttirdim! O‘zbek kinosida suratga tushish  asnosida dunyo andozasiga moslashish harakatini ko‘rdim. Ijodkorlarga o‘z fikrim va maslahatlarimni berdim. Rustam keyingi filmlariga bizni yana taklif etishni va’da qildi. Ispaniyada eng mazali taom dumg‘aza hisoblanadi. O‘zbekistonda ham dumg‘aza bilan mehmon qilishdi. Ispaniyaga borib, asl dumg‘aza o‘zbek pishirgan dumg‘aza ekanligini aytaman”.
Viktor Verbjiskiy: “ O‘zbek xalqining non-tuzini yeganman (Aktyor Toshkentdagi sobiq “Gorkiy” teatrida bir necha yillar aktyor sifatida faoliyat yuritgan!)  Shu bois gonorar haqida o‘ylamayman. Muhimi, shu filmni yaratishda yosh ijodkorlarning say’- harakatini qo‘llab-quvvatlash, dunyo vabosi – giyohvandlikka qarshi kurashish borasida ular aytmoqchi bo‘lgan gaplari uchun qancha vaqtim ketsa ham rozilik bildirdim. O‘ylaymanki, bu kartina katta ommaning diqqatiga, munozaralariga sazavor bo‘ladi. Bu kartinada oddiy epizod yo‘q. Ommaga aytilmoqchi bo‘lgan  fikrlar shiddatli darajada aks ettirilmoqda”.
Farhod Mahmudov: “30 yillik kareramda o‘zbek kinosidagi eng katta rolimni “Baron”da ijro etmoqdaman”.
 
FAKTLAR:
O‘zbek aktyorlari ansambli: Ulug‘bek Qodirov, Dilnoza Kubayeva, Jamila G‘ofurova, Javohir Zokirov, Muhammad Iso Abdulxairov, Habibullo Nizomov, Shahlo Temirova, Shahzoda Matchanova, Seydullo Moldaxonov, Alixon, Yoqub Ahmedov (O‘zbekiston xalq artisti), Behzod Hamroyev.
Rejissyor an’analariga sodiq qolgan holda yangi chehralarni ommaga tanishtirishga jur’at qildi:  Iso To‘raev (dunyoning 64 ta mamlakatini ijodiy safar bilan kezgan Qashqadaryoning “Eski masjid” nomli teatri badiiy rahbari va aktyor ilk bor kinoda, “baron” rolida! ), Xurshida Arabshoyeva (ilk bor ekranda).
Rustam Sa’diev filmlarida birinchi marotaba Dilorom Egamberdiyev (“Kelinlar qo‘zg‘oloni” filmidagi Nigora roli ijrochisi) rol ijro etdi.
Film voqealari Toshkent, Termez, Boysun, Moskva, Istanbul shaharlarida suratga olinadi.     
Ma’lumotlarga qaraganda, “Baron” 2015 yilning kuz oylarida katta ekran yuzini ko‘radi. Demak, “oldi-qochdi”, shunchaki  uzun-yuluq lavhalar bilan nomiga to‘ldirilgan sayoz “filmcha”lardan zerikishni haydash fursati yaqinlashmoqda! Bu “yaqinlik” tezroq yaqinlashishini intiq kutamiz. O‘zbek kinosida katta o‘zgarish davri boshlangani esa ijod ahli va elga yangi umidlar baxsh etmoqda. Muhimi, shu umidlarni haqiqiy ishonchga aylantirishdir!
 Jasur HAMROYEV  
 P.S.: Bu kartina bilan bog‘liq yana shunday shov-shuvlar borki, hayratda qolasiz. Kuzatishda davom eting! Yaqin 30 yil ichida bu qadar yirik talantlar ansambli hali bir filmda jamlanmagan! “Baron” haqida eksklyuziv ma’lumot va fotosuratlarni eng birinchilardan bo‘lib bizning saytimiz orqali kuzatishingiz mumkin!


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 8848 | Комментарии: 5 | Рейтинг: 1| Рейтинг: giyohvandlik, Baron
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 5
samiya Яхши режжисиёр омад тилеман Зур кинолани кутиб коламизааа
Like | 0
NaTaLi Koramiz
Like | 0
muxrish511 Sevgi balki bu jannat filmining davomi qachon chiqadi intiqlik b n kutyapman
Like | 0
muxrish511 Haqiqatdanham Rustam Sa'diyev filmlari hammasi idealni chiqadi
Like | 0
shoxislom5758 kutamiz. tireller ham chiqmadiku.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное