Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

"Baron" "Sotqin"ning muvaffaqiyatini takrorlarmikin?

15 yanvar kuni kino olamining taniqli vakillari va jurnalistlar ishtirokida "Baron" filmining yopiq namoyishi bo‘lib o‘tadi.
Taniqli rejissyor Rustam Sa’diev “Baron” nomli yangi filmini tomoshabinlar e’tiboriga havola etish arafasida turibdi. 15 yanvar kuni Toshkentda kino olamining taniqli ijodkorlari, san’atkorlar, kinoshunos mutaxassislar va jurnalistlar ishtirokida filmning yopiq namoyishi va matbuot anjumani bo‘lib o‘tishi rejalashtirilyapti.

Yangi filmda bosh rollarni Gollivud aktyori G‘asson Mas’ud, Rossiya xalq artisti Andrey Smolyakov, Viktor Verjbitskiy, O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov, aktyorlar Muhammadiso Abdulhairov, Dilorom Egamberdiyev, Ulug‘bek Qodirov, Javohir Zokirov, Dilnoza Kubayeva, Jamila G‘ofurova, Shahlo Temirova ijro etishgan.

Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan yil rejissyor Rustam Sa’diev “Sotqin” nomli filmini tomoshabinlar e’tiboriga havola etgan edi. Real voqealar asosida suratga olingan ushbu kartina qisqa muddat ichida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lib, film o‘tgan yilning eng tomoshabinbop kartinasi sifatida e’tirof etilgan edi. Albatta, bu kino ortidan yetarli baxs munozaralar va tanqidiy fikrlar ham bo‘ldi. Ish bor joyda, kamchilik ham bo‘ladi, deganlaridek filmning mazmuni, ma’naviy yuki, yutuqlari bu kamchiliklarning o‘rnini to‘ldirib yubordi. Ko‘ramiz, Sa’dievning “Baron”i “Sotqin”ning muvaffaqiyatini takrorlarmikin? 

Darvoqe, 12 yanvar kuni xonanda Shahzoda tomonidan "Baron" filmi uchun kuylangan "Sirdoshim" nomli saundtreki youtube.com'ga joyladi. Bir kecha-kunduz ichida bu klipni tomosha qilganlar soni qariyb 10 mingtaga yetdi.


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 7236 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Rustam Sa’diev, Sotqin, Baron
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Azamat4846 Yana Shahzodami???
Like | 0
FD6661 Sotqindan omadli bo'ladi bu aniq
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное