Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Soundtreck-Великолепный Век
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Ishq Jodusi - All I want
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Rustam Sa’dievning umidi puchga chiqdi, "Baron" qaroqchilar qo'lida!

Bundan bir oy oldin Darakchi.uz muxbirining rejissyor Rustam Sa’diev bilan uyushtirilgan intervyusida “Baron” filmi “qaroqchilar” qo‘liga chiqib ketishi to‘g‘risida o‘z fikrini bildirgandi.
— Nasib qilsa “Baron” “Sotqin” kabi qo‘lga chiqib ketmaydi. Hamma yo‘l qo‘ygan kamchiliklarimizni tahlil qilib shunga yarasha chora-tadbirlarni qilib qo‘yganmiz.
Biroq namoyishi boshlanganiga atigi bir hafta bo‘lgan film qo‘lga chiqib ketgani haqidagi ma’lumotlar tarqaldi.
Mazkur vaziyatga rejissyor “Qalqmpir.uz” saytiga quyidagicha izoh berdi:
— Filmning diski tarqab ketganidan xabarim bor. Biroq video "qaroqchilar”ning qo‘lidagi disk katta ekranlarda namoyish etilayotganidan ancha farq qiladi. Filmning xomaki nusxasi bozorlar va disk do‘konlarida sotilyaptimi yoki yo‘q, bunisidan xabardor emasman. Lekin bu ishlar shunchaki javobsiz qolmasligi tayin. Mendan “Baron”ning ikkinchi qismlarini suratga olasizmi, deb juda ko‘p so‘rashyapti. Filmning davomini suratga olishim va o‘zbek kinosining yanada rivojlanishi, shubhasiz kinoteatrlarga kelayotgan tomoshabinlarga bog‘liq. Menimcha, o‘zini hurmat qilgan, yuzlab kishilarning mehnatini qadrlaydigan asl tomoshabinlar filmni kinoteatrlarga kelib tomosha qilishadi.
Avvalroq Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Baron”ga bir haftada 324 million so‘mlik chipta sotilgani haqida xabar bergandik. Eslatib o‘tamiz, "Baron"ning byudjeti 1,5 milliard so‘mni tashkil qiladi.


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 7933 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 2| Рейтинг: qaroqchi, Rustam Sa’diev, Baron
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
FeRuZaaa manga yoqdi. Rustam Sa'diyev ijodiga omad!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное